Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti. Mehnat va uni o


Download 444.5 Kb.
bet34/58
Sana17.12.2022
Hajmi444.5 Kb.
#1025462
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fa

SAVOLLAR.
1.A.Navoiy mehnat to’g’risida nima degan.
2. Qanday allomalarni bilasiz.
3.Kasb-hunarni o’rganish usullari kanday.
4. Hunar deganda nimani tushinasiz?
5.Ustoz va shogird haqida?
TOPSHIRIQ.
1. Mutafakkirlar merosidan namuna keltiring.
2. Kasb va hunar haqida fikringiz.


ADABIYОTLAR.
1. S.Hasanov “O’rta Osiyo mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida”.
3. N.Gushkin. V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y
4. I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari”. T., “O’zbekiston”
Mavzu: Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish.
Reja.



  1. Darsni rejalashtirish haqida tushuncha.

  2. Dars ishlanmasi tuzish.

  3. Dars ishlamasini tahlili.

  4. Ko`rgazma materiallarini tayyorlash (ko`rsatmali materiallar) usullari, dars metodlari va shakillari.

  5. O`qituvchining vazifalari.

  6. Uy ishiga vazifa berishda baholash mezonlari.

Dars rejasi o’quv yilining boshida yillik kalendar reja bo’yicha taqsimlanadi. Dars rejasi 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich tashkiliy qism, bunda qo’ng’iroq chalingandan boshlab yangi dars bayon etilgan vaqtgacha bo’lgan davr hisoblanadi. Ikkinchi bosqich uy ishini tekshirish va baholash, uchinchi bosqich yangi mavzuni bayoni, to’rtinchi bosqich darsning yakuni, bunda bajarilgan ishlarni baholash, uyga vazifa berish va ish joylarini tozalashlar kiradi. Bir soatlik dars misolida ko’rib chiqamiz.
Mehnat.
Mavzu: 8 mart bayramiga tabriknoma yasash.
Darsning maqsadi: Bayramga tabriknoma yasash, har-xil shakllarni kesishga o’quvchilarni o’rgatish, mehnat qurollaridan to’g’ri foydalanish.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ko’rsatmali.
Dars jihozi: yasalgan tabriknomalar, kley, qaychi, rangli qog’oz, karton, gullar andozasi.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
Salomlashuv. Davomatni aniqlash.

  • Hozir nima dars?

  • Bugun nechanchi sana?

  • Hozir qaysi fasl?

  • Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

  • Hozir qaysi oy?

  • Mart oyida qanday bayramlar bo’ladi?

  • 8 mart qanday bayram?

2.Uy ishini tekshirish.

  • Uyga qanday vazifa berilgan edi?

  • Hamma uy ishini oldiga qo’ysin.

Uy ishini tekshirib, baholab chiqish, chiroyli va toza bajarganlarni rag’barlantirib, o’quvchilarga namuna qilib ko’rsatiladi. Bajarilmagan ishlarni bajarib kelgandan so’ng keyingi darsda tekshirishni aytiladi.
3.Yangi mavzuni bayoni.
Bolalar bugun biz xalqaro xotin qizlar bayramiga tabriknoma yasaymiz. O’z qo’limiz bilan yasagan tabriknomalarni onalarimizga, opalarimizga, buvi, singillarimizga shehrlar aytib shirin so’zlik bilan tabriklasak, ular juda xursand bo’lib ketadilar.
Onalar to’g’risida ko’plab maqol, hikmat, hikoyat, shehr, asarlar bor, masalan:
Xikmatlar.
Onaning bir qo’li beshikni,
Ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.
Onaning dili og’risa,
Yer ham titraydi.
Dunyo tor bo’lganda ham,
Ona bag’ri keng.

Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling