Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti. Mehnat va uni o


Mashqlar tizimi qo’yidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi


Download 444.5 Kb.
bet8/58
Sana17.12.2022
Hajmi444.5 Kb.
#1025462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fa

Mashqlar tizimi qo’yidagi asosiy talablarni o’z ichiga oladi:

  1. Mashqlarning materiali qiyinlikning oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.

  2. Keyingi materialning hammasi to’liq tarzda oldingi materialga asoslanishi lozim.

  3. Mustaqillik darajasi ortib borilishi kerak.

Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo’lishi bir qator shartlarga bog’lik. O’quvchi o’z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qaon to’liq bo’lmaydi. Nazoratning yo’qligi ko’pincha xato va nuqsonlarning mashqlar jarayonida ortib yuorishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida yetilmagan harakat va usllarning shakllanishiga sabab bo’ladi.
1 – sinf dasturining mazmuni. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi mehnat tahlimi buyicha ishlarni amalga oshirayotganda o’quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko’nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilish kerak. Ana shunday holda o’qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo’lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu o’rinda muhimi o’quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat.
Birinchi sinfdagi ish turlari qo’yidagilardan iborat.

  1. Qog’oz va karton bilan ishlash.

  2. Gazlama bilan ishlash.

  3. Turli materiallar bilan ishlash.

  4. Texnik modellashtirish.

  5. Qishloq ho’jaligi mehnati.

2 – sinf dasturining mazmuni. Boshlang’ich sinf mehnat tahlimi darslaridagi tahlim-tarbiyaviy vazifalar umumtahlim maktablaridagi mehnat tahlimining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg’ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi.
1. Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama bilan ishlash.
3. Turli materiallar bilan ishlash.
4. Texnik modellashtirish.
5. Qishloq ho’jaligi mehnati.
Har bir o’quv yilida va barcha sinflarda ish turlari shu tartibda olib boriladi. Birinchidan o’quvchilar mahlum nazariy bilimlarga ega bo’ladilar, ularning fanlararo texnologik xususiyatlarini, ularning hayotda qo’llanilishi bilan tanishadilar. Ikkinchidan materiallarga ishlov berishda eng oddiy usullardan boshlab murakkab usullargacha amaliy o’rganadilar.


SAVOLLAR.

  1. Mehnat tahlimi mazmuni nimalardan tashkil topgan.

  2. Mehnat malakasini shakllantirish nima.

  3. Mehnat ko’nikmasini shakllantirish nima.

  4. 2-sinf mehnat darsining mazmuni kanday.

TOPSHIRIQLAR.

  1. Mehnat tahlimining mazmuni nimalardan tashkil topgan.

  2. Mehnat ko’nikmasi qanday shakllantiriladi.




Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling