I. O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyati. Zamonaviy talqinda
“jamoa” tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi: 1) bir necha kishilarning
muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi
(masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik
jamosi va hokazo); 2) yuqori darajada uyushtirilgan guruh.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar
guruhi
110
.
Guruh – tarbiyalanuvchilarning yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra
shakllantirilgan yoki o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim
oluvchilarining akademik jamoasi.
Jamoa (lot. “kollektivus”) – yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis,
birlashma, guruh.
O‘quvchilar jamoasi – ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida
bir necha o‘quvchilardan tashkil topgan guruh.
Tarbiyaviy imkoniyat – shaxs yoki jamoaning individga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlari.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlari – sinf (guruh)
jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va
qobiliyatlariga egaligi.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – sinf
(guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish
quvvati va qobiliyatlariga egaligini aniqlash va mavjud darajasini
baholash.
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Shu
sababli har qanday jamoa kabi o‘quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatiga ega.
110
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова.
– Наманган: НамДУ, 2014. – 171-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |