Namangan davlat universiteti sarimsokov abdilatip abdiraximovich


Download 0.61 Mb.
bet5/31
Sana09.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1447690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
4 Укув кулланма Нумизматика 2022 lotin nashr uchun

Numizmatika faniga oid atamalar. Tangalarning asosiy belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Avers – tanganing old tomoni.
Gurt – qirra, tanganing yon tomoni, hoshiyasi.
Hisoblash tizimi – pul tizimidagi qiymatlarni u yoki bu tizimga to‘g‘ri kelishi. Pul qiymatlarini belgilashda turli hisoblash tizimlaridan foydalaniladi, misol uchun, choraklik (kvartal) – 1:2:4:8 nisbat va h.k., o‘nlik (detsimal) – 1:10:100 nisbat va h.k., o‘n ikkilik (duodetsimal) – 1:3:6:12 nisbat va h.k..
Ligatura – (lot. «ligare» – birlashtirmoq) oltin, kumush, platinani qattiqroq yoki arzonroq qilish uchun mis yoki qalayni aralashtirish.
Pul birligi – qimmatbaho metallning og‘irlik qiymati (kumush yoki oltin), narxlarni qonuniy tartibda o‘rnatilishi va belgilanishi.
Pul hisoblash tizimihisobda amalga oshiriladigan, moddiy asosga ega bo‘lmagan, ya'ni tanga va na ko‘rinishga ega bo‘lmagan pul birligi tizimi. Masalan, qadimgi rus grivnasi, kuna, oltin.
Pul tizimi – pul xo‘jaligi va muomalasi (aylanmasi)ni qonuniy asoslari, turli xildagi pul muomalasi elementlarini aniqlashtiradi. Tangalarni zarb eishdagi bir yoki bir necha xillaridan foydalanish nazarda tutiladi: monometallizm i bimetallizm. Bundan tashqari qog‘oz pullari ham ishlatiladi, unda asosan ma'lum bir qiymatga ega bo‘lgan qog‘oz belgilardan foydalaniladi.
Remedium (lot. «remidium» – qarshi vosita) – qonuniy belgilangan vazndagi tangalarni zarb qilishni to‘xtatish.
Revers – tanganing teskari tomoni.
Tanga legendasi – tangadagi yozuvlar.
Tanga proba – (lot. «probo» – sinamoq, baholamoq) – zarblanayotgan tanga tarkibidagi metall miqdorini aniqlash. Hozirda oltin ikki xil uslubda baholanadi – metrik va qirot (0,2 gr.).
Tanga regaliyasi – (lot. «regalis» – podshoga oid narsa) tanga zarblash va muomalaga chiqarishga egalik huquqi.
Tanga tizimi – tanga-pullarning og‘irlik, qiymatini davlat tomonidan qonuniylashtirilishi.
Tanga yuzi – tanganing qiymati hamda og‘irligi aks etgan qismi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling