Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

yo’naltirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Qalamtasvir amaliy mashg’ulotlarida talabalarga mavzuga binoan qisqa 
muddatli ishlarni bajartirish orqali ularni ta’lim olish faoliyatga yo’naltirish berib 
boriladi. 
2. Qalamtasvir darslarida talabalarni amaliy vazifalarni bajara olishga 
yo’naltirish va ularning o’quv postanovkalarini tashkil qilish asosiy omil hisoblandi. 
Amaliy ishlarini tashkil etishda quyidagilarga ehtibor qaratiladi:
3. Bo’lajak rassom-o’qituvchilarga beriladigan amaliy ishlar oliy pedagogik 
ta’lim dasturiga muvofiq holda tuzilib, fanlardan olinadigan bilim va malakalarni 
mustahkamlashi, chuqurlashtirishi nazarda tutildi. 
4. Amaliy ish topshiriqlari talabalarning qobiliyatiga mos, ular diqqatini 
tortadigan, qiziqtiradigan qilib tanlanadi. 
5. Amaliy ish berish oldidan o’qituvchi uni qanday bajarish kerakligi 
to’g’risida bosqichma-bosqich uslubiy ko’rsatma berib boradi. 
6. O’qituvchi talabalarning amaliy ishlari natijalarini ko’rib, xatolarini 
to’g’rilashi, mumkin qadar baholashi, ishni o’z vaqtida bajargan talabalarni 
rag’batlantirib borishi tahminlanadi. 


70 
Bu metodlardan qalamtasvir darslari jarayonida bir qanchasi ishlatildi. Bunda 
ko’rgazmalilik, o’qitishning mantiqiy metodlari dars turining ma’ruza shaklida 
qo’llanilib, mustaqil ishlash, muammoli metodlar fanning amaliy mashg’ulotlarida, 
ilmiy, induktiv va deduktiv metodlardan esa talabalarining mustaqil ta’lim olishlarida 
keng qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Mashg’ulotni boshqarish texnologiyasida avvalambor, darsning maqsadi aniq
kasbga yo’naltirilgan bo’lishi bilan birga, qaysi vosita yordamida va qanday ketma - 
ketlikda bu maqsadga erishish mumkinligi aniqlandi. O’qituvchining faoliyati o’quv 
materialini o’zlashtirish jarayonining tashkilotchisi tarzida ko’rinib, talaba 
faoliyatining faolligiga ahamiyat berildi. Buning uchun material mazmunining 
bayonida o’qituvchi turli xil o’qitish metodlari va imkoniyatlaridan foydalandi.
Har bir mashg’ulotda qo’llaniladigan metodlar uchun pedagogik tizimda 
ularning o’ziga xos xususiyatlari bor. Tushunchalar va hatti - harakatlarning 
shakllanishini o’qituvchi boshqarib boradigan asosiy mashg’ulot turi amaliy 
mashg’ulotlar hamda boshqa dars metodlari bo’lib, uni o’tkazish metodikasi 
pedagogik tajriba va mahoratga bog’liqdir. Bu jarayonni tinmay o’rganib borish 
o’qituvchining o’z kasbiga mohirligi o’qitish texnologiyalari va ularning maqbul 
shakllari majmuasini egallab olganligi bilan belgilanadi.
Ta’lim jarayonida har bir mavzuni o’tishda yangi pedagogik texnologiyaning 
qaysi uslubi mahqul, qulay, mavzuni yoritish uchun qanday jihozlar bo’lishi zarurligi 
aniqlab olindi. Fan mavzularini yangi pedagogik texnologiyaning u yoki bu uslubi
uslublar birikmasi bilan o’tish xaritasi tuzib olindi. Biz dars o’tishning noanhanaviy 
faollashtiruvchi uslublaridan quyidagilarni qo’lladik: 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling