76
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
Ushbu bobda bo’lajak tasviriy sanhat o’qituvchilarini
kasbiy-ijodiy
tayyorgarlik sifat va samaradorligini oshirish omili sifatida amaliy mashg’ulotlarda
ta’lim olish jarayonini faollashtirish masalasi qaraldi. SHu muammo bo’yicha olib
borilgan ilmiy izlanishlar quyidagi xulosani chiqarishga asos bo’ldi:
1. Hozirgi zamon davri sharoitida raqobatbardosh pedagog kadrlar
tayyorlashda zamonaviy talablarga binoan ta’lim jarayonini
tashkil etishning birdan-
bir muhim sharti talabalarning nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda
ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash va ta’lim sifatini oshirib faollashtirish
hisoblanadi.
2. Tadqiqot jarayonida nazariy va amaliy ta’lim olish tizimi yaratishga
harakat qilindi. U amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va ta’lim
olish mazmuniga
bog’liq jarayon bo’lib, nazariy va amaliy materiallarini ishlab chiqish (qo’shimcha
adabiyotlar sifatida nashr etilgan adabiyotlar, audio, video, kompyuter dasturlari,
mulg’timedia va internet tizimlari axborotlaridan foydalanish uchun) ta’lim beruvchi
faoliyati bilan bog’liqdir.
3. Amaliy mashg’ulotlarda ta’lim olish ta’lim mazmuni, ta’lim materiallari
asosiy komponent bo’lib, o’qituvchi va talaba muloqoti asosiy omil bo’lib
hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida talabalarning amaliy ish
bajaraolish tizimi ishlab
chiqildi.
4. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar bo’lajak rassom-o’qituvchilarning badiiy
ijodiy tayyorgarlik darajasini oshirish omili bo’lib, uni samarali
tashkil etish amaliy
mashg’ulot darslarida ta’lim materiallarini ishlab chiqishga modulli yondoshuvni
talab etadi. Tadqiqot davomida amaliy ishlash jarayoni ta’lim materiallarini
tayyorlashda modul usuli ishlab chiqildi.
5. Tadqiqot jarayonida talabalarning qalamtasvirdan amaliy vazifalarni
bajarishni tashkil etish va boshqarish texnologiyasi ishlab chiqildi.