Mavzu: Ikkinchi sinfda matematika amaliy ishlar va ularni tashkil etish metodikasi


Download 113.86 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi113.86 Kb.
#1175441
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 sinf matematika (2)

Mavzu:Ikkinchi sinfda matematika amaliy ishlar va ularni tashkil etish metodikasi


Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Ikkinchi sinflarda darsdan (sinfdan va maktabdan) tashqari amaliy mashg'ulotlami tashkil etish uchun tavsiyalar
2. Ikkinchi sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
3. Ikkinchi sinflarda matematika o‘qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish
III.Xulosa
IV.Foydalangan adabiyotlar


Kirish
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.
Shavkat MIRZIYOYEV
Zamonaviy hayotni bugun ilm-maʼrifat va taʼlimning taraqqiyotisiz tasavvur etib boʻlmaydi, insoniyat fan oʻqi atrofida aylanayotgandek goʻyo. Jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Bugungi kunda universitetlarning taʼlim berish faoliyati yana-da takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda taʼlim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda.
Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi daʼvatkor nutqi ham ana shundan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.
Taʼlimning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning isteʼdodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim. Agar shunday qilinmasa, bir kun kelib, tamaddundan yiroqlashish, mamlakat uchun keraksiz, ortiqcha daxmazaga aylanib qolish ham hech gap emas. Yillar davomida biz rivojlanmadik, kuzatuvchi boʻlib qolaverdik, deyish, albatta, notoʻgʻri boʻlardi. Fanlar akademiyasidagi uchrashuv esa Oʻzbekistonning eng yangi tarixida biz ilmiy hamjamiyatda qanday oʻrinni egallayapmiz, xalqaro taʼlim jarayonida qatnashyapmizmi, oʻzgarishlar va innovatsiyalarni maqsad qilganmizmi — ana shu kabi savollarni koʻndalang qoʻydi.
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz ta’lim tizimi rivojiga, ayniqsa, uning dunyo standartlari darajasiga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan omillar ham yo‘q emas. Bu kechiktirib bo‘lmaydigan jiddiy masalalar nimalardan iborat va ularni yechish yo‘llari qanday?
Birinchi masala davlat ta’lim standartlarining YuNESKO tomonidan qabul qilingan xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartiga mos kelishi zarurati bilan bog‘liq. Vaholanki, bu xalqaro standartda ta’lim sohasining barcha bosqichlariga oid me’yorlar aslida qanday bo‘lishi, qay tarzda bo‘lsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilgan. Bizning ta’lim tizimimizda bu me’yorlar ko‘zda tutilmagan. Holbuki, jahon tajribasiga ko‘ra, milliy ta’lim standartlari o‘z ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan davlatlar tajribasiga emas, balki xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartiga asoslanishi zarur. Shunda jahon standartlari talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoni oshadi.
Dunyoning rivojlangan davlatlari qatori O‘zbekistonda ham yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida — to o‘tgan asrning oxirlarigacha 1976 yilda ishlab chiqilgan xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartidan foydalanib kelindi. Biroq dunyo ta’lim tizimiga kiritilgan keyingi yangiliklar natijasida ushbu asosiy konseptual hujjat ikki marta yangilandi.
Xalqaro standartga asosan har bir ta’lim darajasi uchun ta’lim dasturlari va ularga mos ravishda malaka talablari ishlab chiqilishi ta’lim sifatining oshishiga asos bo‘ladi. Ta’lim tizimini darajalarga ajratish esa uning uzluksizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqaro ta’lim klassifikatsiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Download 113.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling