Наманган давлат университети табиий фанлар факультети
Mavzu. Biologiya darslarida zamonaviy ‘edagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 0.65 Mb.
|
biologiya oqitish metodikasi
Mavzu. Biologiya darslarida zamonaviy ‘edagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Reja : ‘edagogik texnologiyalar ҳaqida tushuncha. Biologiyani o’qitishda didaktik o’yinli darslardan foydalanish. Biologiyani o’qitishda muammoli tahlim texnologiyalaridan foydalanish. Modulli tahlim texnologiyalari va modulli darslarning o’ziga xos xususiyatlari. Biologiya darslarida ҳamkorlikda o’qitish texnologiyalaridan foydalanish. Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi tahlim muassasalarida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarini ilg’or ‘edagogik texnologiyalar bilan tahminlashni ko’zda tutadi. SHu sababli barcha o’quv fanlari kabi biologiyani o’qitishda ҳam ‘edagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi. ‘edagogik texnologiya atamasiga ҳar bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan ҳolda tahrif bergan. Ҳali bu tushunchaga to’liq va yagona tahrif qabul qilinmagan. Ushbu tahriflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan tahrif sanaladi. ‘edagogik texnologiya – o’qitish shakllarini o’timallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson saloҳiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro tahsirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Bu yerda, inson saloҳiyati deyilganda, o’qituvchining ‘edagogik va o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o’qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Bizning nazarimizda, ‘edagogik texnologiya – tahlim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining ‘edagogik va o’quvchining o’quv-bilish faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro tahsirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir. ‘edagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: Umumiy metodik daraja. Umumiy ‘edagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada ‘edagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, kontse’tual asoslari, o’qituvchi va o’quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. Xususiy metodik darajada muayyan bir o’quv fani, kursni o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida tahlim mazmunini o’quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o’qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi. Lokalg’ (modul) darajada tahlim-tarbiya jarayonining mahlum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini ҳal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. ‘edagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi. Ҳozirgi zamon tahlim tizimida ҳukmronlik qilayotgan anhanaviy tahlimni mazmunan yangilash va tahlim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi guruҳlarga ajratish mumkin: ‘edagogik munosabatlarni inson’arvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi ‘edagogik texnologiya; O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va tahlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan ‘edagogik texnologiya. Tahlim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ‘edagogik texnologiyalar. O’quv materialini didaktik jiҳatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi ‘edagogik texnologiya. Xalq ‘edagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan ‘edagogik texnologiya. Quyida shu texnologiyalarga qisqacha to’xtalamiz. 1. ‘edagogik munosabatlarni inson’arvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi ‘edagogik texnologiya; Mazkur texnologiya o’qituvchi va o’quvchi shaxsi o’rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, o’quvchi shaxsiga individual yondashish, tahlim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, tahlim mazmunini inson’arvarlik g’oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi. 2. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va tahlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan ‘edagogik texnologiya. Mazkur texnologiya biologiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va tahlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu texnologiyalar guruҳi didaktik-o’yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va kommunikativ tahlim texnologiyalarini o’z ichiga oladi. 3. Tahlim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ‘edagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani o’qitishda tahlim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli o’qitish, differentsial tahlim, tahlimni individuallashtirish, guruҳli va jamoaviy ҳamkorlik, uyg’unlashtirilgan tahlim texnologiyalari kiradi. 4. O’quv materialini didaktik jiҳatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi ‘edagogik texnologiya. Mazkur texnologiya o’quv materialini didaktik jiҳatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi. 5. Xalq ‘edagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan ‘edagogik texnologiya. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi tahlim-tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Biologiyani o’qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni mustaqillik ‘rintsi’lari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ҳurmat ruҳida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish imkonini beradi. ‘edagogik texnologiyalar tahlim jarayonida lokalg’ (modul) va xususiy metodik darajada qo’llaniladi. Biologiya o’qituvchisi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning mahlum bosqichida lokalg’ (modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma malakalarini nazorat qilish va baҳolashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko’nikma va malakalarni egallagandan so’ng, ‘edagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o’tkazishi, yahni xususiy metodik darajada qo’llashi mumkin. Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari ‘edagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o’qituvchi o’rganiladigan mavzuning tahlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan ҳolda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, darsda o’quvchilarning bilishi lozim bo’lgan o’quv to’shiriqlari, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baҳolash yo’llarini belgilashi lozim. Biz ‘edagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, moҳiyati va mazmuniga ko’ra ikki guruҳga ajratdik: ‘edagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan ‘edagogik texnologiyalar. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. ‘edagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan ‘edagogik texnologiyalar guruҳiga: Tahlim jarayonini inson’arvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi; SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar; Rivojlantiruvchi tahlim texnologiyalari; Tahlimni differentsiallashtirish va individuallashtirish; Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling