ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
ТАБИИЙ ФАНЛАР ФАКУЛЬТЕТИ
БИОЛОГИЯ КАФЕДРАСИ
доценти О. Т. Абдиеванинг
Биология ўқитиш методикаси фанидан
МАЪРУЗА МАТНИ
Ташқи тақризчи: География кафедраси
Доценти. М. Мўминов
Ички тақризчи: Биология кафедраси к.ўқитувчи
Д.Дехқонов
Наманган-2016
Mavzu: Kirish
Reja:
Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.
Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida.
Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani sifatida.
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar
1.Fan va o’quv fani tushunchalari.
2.Pedagogika va xususiy metodika.
3.Biologiya o’qitish metodikasining predmeti va obhekti.
4.Biologiya o’qitishning ilmiy tadqiqot metodlari.
Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan o’quv, jarayonlar, printsiplar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur printsip va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos ҳolda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi.
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq ҳolda joriy etishning maqsad qilib qo’yadi.
Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik o’kuv fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning ҳar tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |