Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


XX asrda biologiya o’qitish metodikasining xolati


Download 0.65 Mb.
bet14/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

3.XX asrda biologiya o’qitish metodikasining xolati.
XX asrdagi biologiya o’qitish metodikasiga V.V.Polovtsov katta xissa qo’shdi. U 1907 yili “Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari” kitobini nashr qilib, unda metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi. Polovtsov darslikga kiritilgan o’quv material mazmuni birinchidan shakl bilan funktsiyaning birligiga, ikkinchidan o’simlik va ҳayvonlar ҳayoti ularning yashayotgan muҳiti bilan bog’liq ҳolda o’rganilishiga, uchinchidan boy biologik mahlumot beradigan organizmlarni o’rganishga asoslanishi kerakligini tahkidlaydi. Bu jarayonda olim amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalar nixoyatda muxim axamiyatga ega ekanligini ko’rsatib o’tadi. V.V.Polovtsov birinchi marotaba fan bilan o’quv fani orasidagi o’xshashlik va tafovutni ochib beradi va bu soҳada tadqiqot ishlar olib borish lozimligini tahkidlaydi. Tabiiyotshunoslik metodikasi tarixida V.V.Polovtsov ekologik bilimlarni targ’ib qilgan olim sifatida yuqori baҳolanadi.
1917 yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala boshlandi.
Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya o’qitish saviyasini oshirish, uning tahlim va tarbiyaviy aҳamiyatini ochib berishga xarakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o’qitishning asosiy muammosi bo’lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish ҳisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va ko’nikmalar yahni o’quv materiali o’quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini ehtiborga olib dolzarb mavzularga, masalan «Tabiat», «Qishloq bilan shaҳarning bog’liqligi», «Erdagi ҳayot va ҳayotiy jarayonlarning fizik-ximik asoslari», «Ekish va o’simliklarni parvarishlash» kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda o’quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga ko’ra o’quv materialini laboratoriya metodi asosida o’rganish targ’ib qilina boshlandi. Natijada o’quvchilar sinf darslari o’rniga tabiatni kuzatish, tajriba o’tkazish bilan shug’ullana boshladilar. Laboratoriya metodi o’quv dasturining asosiy maqsadi meҳnat, tabiat va jamiyat kompleksni o’rganishdan iborat bo’lgan. Bu kompleks o’quv dasturlari maktablarda o’qitiladigan o’quv fanlari orasidagi to’siqni bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks o’quv dasturlari o’quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda mahlum bo’lib qoldi. SHuning uchun 1931 yildan boshlab xukumat qarori bilan boshlang’ich va o’rta maktab isloҳ qilindi va tahlim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bo’lishi lozimligi o’qtirildi. SHu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm o’quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi, ҳamda maktab ҳayotiga joriy etildi.
Biroq 1964 yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining 1930-40 yillaridagi rivojlanish xolatini yoritib keldi. Vaҳolanki didaktikaning ilmiylik printsipiga ko’ra maktab o’quv fanlari o’z mazmuniga ko’ra fanning keyingi yutuqlarini o’zida ifoda qilishi lozim edi. Rossiya va O’zbekistonda chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orqada qolganligiga asosiy sabab shuki 1935-65 yillar mobaynida biologiya fanida qattiq g’oyaviy kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruҳ olimlar chet mamlakatlarda qo’lga kiritilgan fan yutuqlarini tan olmadilar va ularni burjua olimlarining kashfiyotlari, ular g’oyaviy jiҳatdan bizning dunyoqarashlarimizga zid degan baҳona bilan biologiya fanining so’nggi yutuqlarini darslik saxifalaridan o’rin olishiga to’sqinlik qildilar. Faqat 1964 yil oktyabrg’ oyida akademik Lisenko shaxsiyaga sig’inish barbod bo’lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, umumiy biologiya darsliklari mazmuniga genetika, ekologiya, tsitologiya, bioximiya, molekulyar biologiya va shu kabi fanlarning so’nggi yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan birga ularning o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar ҳam nashr qilindi.
Bular qatoriga prof. P.I.Borovitskiy taҳriri ostida chiqqan “Biologiya o’qitish metodikasi” M.1962, prof.B.V.Vsesvyatskiyning Biologiyaning umumiy o’qitish metodikasi” M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi” M.1983, prof. I.N.Ponamaryova taxriri ostida nashr qilingan “Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi” M.2003 kabilarni kiritish mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling