Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Mavzu: Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi


Download 0.65 Mb.
bet12/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Mavzu: Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi.

Reja:
1.Tabiiyotshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri.


2.Tabiiyotshunoslikning maktablarda o’qitish va uning metodikasi.
3.XX asrda biologiya o’qitish metodikasining ҳolati.
4.O’zbekistonda biologiya o’qitish metodikasi.

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar.


Tabiiyotshunoslik va biologiya o’qitish metodikasi.


Maktablardagi tabiiyot o’quv fanlari.
Maktablardagi biologiya o’quv fanlari.
Biologiya o’qitish metodikasiga oid darsliklar.
Jiҳozlar.


1.Tabiiyotshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri.
Tabiiyotshunoslik maktablarga o’quv fani sifatida XVIII asr oxirida kiritilgan. Bu soxada dastlabki darslikni V.F.Zuev yozgan. Uning darsligi “Anorganik tabiiyot”, “O’simliklar dunyosi”, «Xayvonlar dunyosi» kabi bo’limlardan tashkil topgan. Birinchi bo’lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg’i moddalar, toshga aylangan organizmlar ҳaqidadir. O’simliklar dunyosi bo’limida esa o’simliklarning ҳujayraviy tuzilishi, ҳar xil o’simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan. Zoologiya bo’limida ayrim xayvonlarning tashqi qiyofasi, ҳayot kechirishi ҳikoya qilinadi.
V.F.Zuev darsligida o’simliklar, xayvonlar morfologiyasi, sistemasidan tashqari ekologiyaga oid mahlumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy ko’rgazmali qurollardan foydalanish ҳaqida ҳam fikr bildirilgan.
XIX asrda nashr qilingan A.SH.Teryaev botanika darsligi sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning “Botanika falsafasi” asaridan to’liq ko’chirilganligi sababli o’quvchilar uchun tushunarli bo’lmadi.
Rossiyada 1828-1852 yillar mobaynida ҳalq tahlimi soҳasida isloҳ o’tkazilib tabiiyotshunoslik o’quv fani maktab rejasidan olib tashlandi.
Lekin keyinchalik 1853 yildan boshlab maktablarda qayta «tabiat ҳaqida umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kabi fanlar o’qitila boshlandi. Mazkur o’quv fanlar bo’yicha yozilgan darsliklar xajmi niҳoyatda katta bo’lib, undagi o’quv materiallar juda murakkab bo’lgani sababli o’quvchilarda ҳech qanday qiziqish uyg’otmadi. Faqat V.I.Dalg’ tomonidan yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni muҳofaza qilish bo’yicha boy mahlumotga ega bo’lgani uchun u tushunarli bo’lib o’quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg’ota oldi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling