Наманган давлат университети табиий фанлар факультети
Mavzu: Turkiston jadidchilik ҳarakatida tahlim va tarbiya
Download 0.65 Mb.
|
biologiya oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushuncha va tayanch so’zlar.
Mavzu: Turkiston jadidchilik ҳarakatida tahlim va tarbiya.
REJA:
Jadidlar xarakatida tahlim va tarbiyaning rivojlantirilishi. O’zbekistonda jadidchilik xarakati asosida yangi usuldagi maktablarning ochilishi. O’zbekistondagi asosiy jadidchilik xarakati namoyondalarining pedagogik qarashlari. Asosiy tushuncha va tayanch so’zlar. Jadidchilik, yangi usul maktablari, jadidlarning ilmiy qarashlari, jadidchilik xarakatining tarqalishi, jadidchilik xarakatida tahlim va tarbiya, ¡zbekiston jadidchilik xarakati namoyondalarining qarashlari. «Jadid» so’zi arabcha so’z bo’lib, «yangi», «jadidchilik» esa yangilik tarafdorlari degan mahnoni bildiradi. XIX asr oxiri –XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik xarakatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng ilg’or kishilaridir.Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qatg’iy nazar, yangilik, taraqqiyot, mahrifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar. Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod ҳolda ko’rishni o’zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo’lmasdi. SHu bois ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini taҳlil qilib, bularning tub ildizlari yo’q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining ҳamma narsadan oldin ҳalqqa mahrifat berish lozim degan g’oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiyot» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’g’oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaҳarlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat ҳaqidagi bilimlar ҳam targ’ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va mahrifat yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordamida o’lkada ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. Jadidlar o’z ezgu orzularini, faqat maktab, mahorif va tahlim tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar. Jadidlar mahrifati ҳaqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi “ maktabi usuli jadida” yag’ni “ yangi usul maktabiga ” asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan “ Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o’qitish metodikasi, nazorat turlari ko’p jiҳatdan Yevropa tag’lim tizimiga yaqin bo’lgan. U madrasalarni isloҳ qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalalarini ko’tardi. Jumladan, diniy fanlar va arab tili bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o’rganish zarurligi ҳaqida so’z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ’ib qilish, jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ҳam 2 marta bo’lib, maҳalliy ҳalq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bo’ldi. Jadidlar, eng avvalo, o’qitishning eski usuli yaramasligini, yoshlarga zamonaviy ilmlarni o’rgatish zarurligini tushunishlari bilan birga, tahlim tizimida ona tilini chuqurroq o’rgatish, ona tilidagi darslarni ko’paytirish, boshqacha qilib aytganda, o’quv dasturida ona tilidagi darslarni oshirish orqali o’quvchilarni ona tilida o’qitish orqali yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’usini shakllantirish mumkin degan ҳulosaga kelish va bu yo’ldagi dadil ҳarakat jadidlarning mahrifat soҳasidagi yangicha qarashlar, aniqrog’i Kontseptsiyasi edi. Ana shu ҳarakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ҳam shakllanib bordi. Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga aloҳida ehtibor berdi. Ularning ayrim dasturlariga ko’ra, boshlang’ich maktab 4-sinfdan tashkil topishi kerak. Unga 7-yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda nimalar o’qitilishi bilan birga maktabning tashkiliy tomonlari ҳaqida ҳam aniq ko’rsatmalar bor. Jumladan, yilda to’qqiz oy taxsil, uch oy tahtil bo’lishi ҳaqida, o’quvchilarni maktabga avgustning 15sidan 1sentyabrgacha qabul qilish, 15 mayda imtixon bo’lishi ҳaqida qaror keltirilgan. Dasturda bayramlarda bir kun dam olish bo’lishi, maktabda darslar ketayotganda maktabga qabul qilish to’xtatilishi to’g’risida qaror ҳam mavjud. Jadidlarning tarbiya ҳaqida qarashlari ҳam ilg’or fikrlar bilan boydir. Jadidlarning tarbiya odob – aҳloq ҳaqidagi fikrlari, asosan qadimdan islom olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan. Jadidlar ajdodlardan bolalar, umuman, inson tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, saҳovatli, xushaҳloq, xushmuomula bo’lishi singari muҳim ҳislatlarni qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik qarashlarida yangi bir tushuncha paydo bo’ldi. Bu tarbiyada muҳit, zamon, sharoitning o’rni to’g’risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy ҳayot, uning talablari, eҳtiyojlarini ҳisobga olish bilan o’zlarigacha bo’lgan SHarq pedagogikasidan bir qadam siljish bo’lgan edi. Jadidlar komil inson – bu, eng zamonaviy insondir. Zamonaviy inson esa, millat va Vatan manfaatini barcha narsadan ustun qo’yuvchi, mahrifatli, diniy va zamonaviy ilm-fanlarni egallagan ҳushaҳloq, tarbiyali kishidir deydi. Markaziy Osiyo jadidchiligi ҳaqida gap ketganda buni Bexbudiy, Munavvar qori, SHakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o’nlab mahrifatparvar ilm darg’alarning faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, aksincha ular ҳaqida gap ketganda jadidchilikni chetlab o’tib bo’lmaydi: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling