Наманган давлат университети табиий фанлар факультети
Tabiiyotshunoslikni maktablarda o’qitilishi va uning metodikasi
Download 0.65 Mb.
|
biologiya oqitish metodikasi
2.Tabiiyotshunoslikni maktablarda o’qitilishi va uning metodikasi.
XIX asrning ikkichi yarmiga kelib CH.Darvinning organik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi tahlimoti ehlon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik o’quv fanini asosiy vazifasi o’quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat ekanligini ehtirof etdilar. A.N.Beketov o’quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muҳim aҳamiyatga ega ekanligini qayd qiladi. U tabiiyotshunoslikni o’qitishda qo’rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish niҳoyatda muҳim ekanligini tahqidlaydi. A.N.Beketovning o’qitish soҳasidagi fikrlari ko’p jiҳatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust Lyuben (1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag’ishlangan uning darsligida bu fanning tarbiyaviy aҳamiyati, xususan, o’quvchilar olib boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar o’tkazish ko’nikmalarini ҳosil etish lozimligi tahkidlanadi. A.Lyuben metodi bo’yicha o’quvchilar avvalo organik olamning aloҳida vakillari bilan maҳalliy obhektlar misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy o’simliklar, xayvonlar bilan boshqa ҳolatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg’ulot olib borish lozimligi uqtiriladi. O’quvchilar o’qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil o’quv materiallarini o’rganishlari bunda oddiydan murakkab, mahlumdan nomalum tomon yo’nalish yahni induktiv metod asosiy o’rin egallashi kerak. Biroq maktablarda ko’rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg’or metodik ko’rsatmalarini joriy etishga to’sqinlik qildi. Bundan tashqari A.Lyuben darsligida diqqat ehtibor faqat o’simliklar morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi. Bu esa o’z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos bo’lgan yangi pedagogik muammolarni ҳal etish zarurligini ko’rsatardi. Tabiiyotshunos pedagog A.Ya.Gerdning (1841-1888) faoliyati ana shu muammolarni ҳal etishga qaratildi. A.Ya.Gerd fikricha Lyuben tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon talablariga mos emasligidir. A.Ya.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikining asosiy maqsadi o’quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan ҳamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir. A.Ya.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar o’tkazish, amaliy mashg’ulotlar olib borish muҳim o’rin tutadi. Olimning qayd etishicha, tabiiyotshunoslikni o’qitishdan qo’zlangan vazifa organizmlarning xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning ҳayoti yorug’lik, xarorat, namlik, xavo tuproqqa va boshqa organizmlarga bog’liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan oqibatning o’zaro bog’liqligini idrok etishdan iborat bo’lmog’i kerak. A.Ya.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya tahsirida bo’lgan va o’z darsliklariga evolyutsion printsipni joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi: 1. Anorganik dunyo; 2.O’simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam», «Er tarixi» kabi o’quv fanlaridan tuzilgan bo’lishi kerak deb tahkidlaydi. A.Ya.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogika fanining aloҳida ilmiy shaxobchasi sifatida ehtirof etila boshlandi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling