3
Fan/modul kodi
YK1105
O‘quv yili
2022-2023
Semestr
1
Kreditlar
5
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
Haftadagi dars soatlari
4
1
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Yo‘nalishga kirish
60
90
150
2
Fanning mazmuni – “Yo‘nalishga kirish” fani umumkasbiy fanlaridan
bo‘lib, talabalarda energetika sohalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda ta’lim, fan, texnika, texnologiya
va ishlab chiqarishning
energetika yo‘nalishidagi yutuqlari, sohaga oid nazariy fundamental bilimlar,
amaliy ko‘nikmalar, qayta tiklamuvchi energiya manbalari (QTEM)
resurslarining texnik potensialini o‘rganish, energoqurilmalarni
ishlatish
asoslarini o‘rganish, geotermal energiya resurslari
zahiralarini tekshirish,
istiqbolli loyihalar bo’yicha asosiy tushunchalarni shakllantirishni ko’zda
tutadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – “Yo‘nalishga kirish”
fani umumkasbiy
fanlaridan bo‘lib, uning fan dasturi - energetika sohalarining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim, fan, texnika, texnologiya va ishlab
chiqarishning energetika yo‘nalishidagi yutuqlarini
inobatga olgan holda
ishlab chiqildi. Bunda fanlararo
uzviylik va uzluksizlik,
mavzularning
mantiqiy ketma-ketligi, oddiydan murakkablikka, xususiylikdan umumiylikka
o‘tib borish tamoyillariga rioya etildi.