Наманган давлат университети табиий фанлар факультети
Biologiya tahlim standartining tarkibiy qismlari
Download 0.65 Mb.
|
biologiya oqitish metodikasi
2.Biologiya tahlim standartining tarkibiy qismlari.
Biologiya tahlim standarti biologiya tahlimining maqsad va vazifalarini yoritishdan boshlanadi. Biologiya tahlimining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat. Biologiya tahlim standartida biologiya tahlimining asosiy vazifalari atroflama yoritib berilgan. Ҳozirgi davrda ҳayotning tuzilish darajalari molekula, ҳujayra, organizm, populyatsiya - tur, biogeotsenoz, biosfera ko’rinishda bo’lishligi ehtirof qilinadi. Ҳayot tuzilishini ana shu darajalari orasida organizm darajasi markaziy o’rinda turadi. Bir tomondan u ҳayot tuzilishining quyi darajalari bo’lmish molekula, ҳujayra darajasini o’zida mujassamlatirsa, ikkinchi tomondan organizmning o’zi ҳayot tuzilishining yuqori darajasi bo’lmish populyatsiya – tur, biogeotsenoz, biosfera darajalar tarkibiga kirishini ehtiborga olib biologiya tahlim standartining tahlim yo’nalishlaridan birinchi qilib «Organizm biologik sistema» olingan. Davlat tahlim standartin ishlab chiqishdagi asosiy pritsiplaridan biri «davlat tahlim standartini davlat, jamiyat, talablariga, shaxs eҳtiyojiga mosligi» dir. Mahlumki, keyingi yillarda jamiyat ahzolarida ekologik bilimlarning yetishmasligi oqibatida suv, tuproq, ҳavoni ifloslanishi, o’simlik, xayvon turlarini kamayishi ro’y bermoqda. Ekologik muvozanatni buzilishi ҳatto odamlar ҳayotiga ҳam xavf tug’dirmoqda. Bunday sharoitda yoshlarni ekologik bilimlar bilan qurollantirish, tabiiy resurslarga oqilona yondoshish, o’simlik, xayvon turlarini asrash, tuproq sho’rlanishi, eroziyasiyaga qarshi kurashish, suv, ҳavo, tuproq tozalaligini saqlash tadbirlari bilan tanishtirish niҳoyatda dolzarb sanaladi. SHuni ehtiborga olib biologiya tahlim standartida tahlim mazmunining ikkinchi yo’nalishi sifatida «ekologik sistemalar» olingan. Keyingi yillarda dinga erkinlik berilishi munosabati bilan ayrim shaxslar dunyoviy bilimlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini inkor etib, yoshlarga faqat diniy bilim berish tarafdori bo’lmoqdalar. Ular organik olamdagi tarixiy jarayonni, o’simliklar, xayvonlar, odamlar million yillar mobaynida o’zgarganligini tan olmayapdilar. SHuning uchun jamiyatning ҳozirgi rivojlanishida yoshlarga diniy odob-axloq normalarini singdirish bilan organik olamning tarixi rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni berish, ularda tabiat va jamiyat taraqqiyotini to’g’ri tushunishga imkon yaratadi. SHu sababli ҳam, biologiya tahlim standartidagi o’quvchilarga beriladigan bilimlar majmuasinining uchinchi yo’nalishi «Organik olam evolyutsisi» deb nomlangan. Yuqorida qayd qilingan uch tahlim yo’nalishi bo’yicha biologiya tahlim standartida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan majburiy minimal bilimlar majmuasi keltirilgan. Biologiya tahlim standartida bilimning minimal talablarini o’quvchilar qanday o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida ҳar bir o’quv fanida test topshiriqlar berilgan.. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling