Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


-Mavzu: Biologiyadan davlat tahlim standarti va o’quv dasturi


Download 0.65 Mb.
bet17/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

7-Mavzu: Biologiyadan davlat tahlim standarti va o’quv dasturi.

Reja:
1.Tahlim standarti ҳaqida umumiy tushuncha.


2.Biologiya tahlim standartining tarkibiy qismlari.
3.O’quv dasturi ҳaqida tushuncha.
4.Biologiya o’quv dasturining tuzilishi.

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar.


Standart atamasi.
Tahlim standarti.
Biologiya tahlim standarti.
O’quv dasturi.
Biologiya o’quv dasturi.
1.Tahlim standarti ҳaqida umumiy tushuncha
1997 yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida tahlim to’g’risida ikkinchi marotaba qonun qabul qilindi, ҳamda uzoq muddatga mo’ljallangan kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan iborat bo’lib, uning birinchi bosqichi umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb –xunar tahlimning davlat standartini ishlab chiqish, ҳar bir o’quv fani bo’yicha o’quv dasturlarini, ularga asoslanib darsliklarini yaratishga bag’ishlandi. 1997-1998 yillarda umumiy o’rta tahlimning davlat tahlim standarti va o’quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba-sinov maydonchalarida sinovdan o’tkazildi. O’qituvchilar, metodistlar, xalq tahlimi xodimlarining keng muҳokamasidan o’tgandan so’ng umumiy o’rta tahlim, davlat tahlim standari ҳamda barcha o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o’rta tahlimning davlat tahlim standarti va biologiya o’quv dasturi «Tahlim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3-mart sonida ko’p nusxada nashr qilinib, respublikaning barcha maktablari, xalq tahlimi bo’limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o’quvchilarga mahlum qilindi.
Standart so’z inglizcha bo’lib, nusxa, o’lcham, mehyor degan mahnolarni anglatadi. SHu sababli ҳam umumiy o’rta tahlimning davlat tahlim standartini asosiy qoidalarida «Umumiy o’rta tahlimning davlat tahlim standarti» o’quvchilarning umumtahlim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, deb tahkidlangan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling