Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi


Download 0.65 Mb.
bet22/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bo’lib, u 172 saҳifadan, 60 paragrifdan iborat. Unda 134 ta rangli rasmlar bor. Ҳar bir paragraf so’ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan o’quvchilarning ko’nikma, malakalarini shakllantirishga ҳam ehtibor qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya mashg’ulotlarida o’z ifodasini topgan.
Zoologiya darsligi tuzilish jiҳatidan botanika darsligidan tubdan farq qiladi. Agar botanika darsligining 5-sinf uchun mo’ljallangan o’quv materiallar morfologik, anatomik, fiziologik, ekologik bilimlar majmuasida tashkil topgan bo’lib, 6-sinf botanika darsligida asosiy ehtibor sistematik tushunchalarning o’zlashtirishga qaratilgan bo’lsa, zoologiya darsligida bir vaqtning o’zida sistematik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik, gigienik bilimlar bayon etiladi. Zoologiya darsligining ikkinchi o’ziga xos jiҳati xayvonlar bilan tanishish evolyutsion printsipi asosida amalga oshirilganligidir. Odatda zoologiya darsligi o’quvchilarni umurtqasiz xayvonlarning bir ҳujayralilar yoki sodda xayvonlar vakillari bilan tanishtirishdan boshlanib, to sut emizuvchilarning eng yuksak vakillari bo’lmish primatlar turkumi vakillari bilan yakunlanadi.
5.Odam va uning salomatligi.
Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga mo’ljallangan o’quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55 paragrifdan tashkil topgan. Darslikda «Kirish» dan so’ng odam organizmi ҳaqida umumiy mahlumot, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, ko’payish va rivojlanish, odamning paydo bo’lishi to’g’risida mahlumotlar bayon etilgan. Darslikda ҳujayraning tuzilishi, to’qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning dinamik xarakati va funktsiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini o’rganishga, qon ketganda birinchi yordam, ko’krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini o’rganishga, ko’rish o’tkirligini aniqlashga oid laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi yoritilgan. Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik so’ngida o’quv fani bo’yicha test savollari va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari ҳaqida gapirib, uning o’quv dasturiga to’liq mos ҳolda yozilgani, o’tmishda va ҳozirgi davrda ijod qilayotgan olimlarning fanga qo’shgan xissalari, respublikadagi ob-ҳavo sharoitini ehtiborga olgan ҳolda keng tarqaladigan kasalliklar ҳaqida mahlumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni ҳaqida to’xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan ҳar xil kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari va davolash ҳaqidagi mahlumotlarning ortiqcha berilganligini tahkidlab o’tish kerak. SHu bilan birga bahzi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi mahlumotlarni niҳoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) mahlumotlarni ko’pligini, bahzi paragriflar mundarijada bo’lib matnda uchramasligi (24§) ҳam ko’rsatib o’tish zarur.
Bahzi bir mavzular, masalan ichki sekretsiya bezlari juda murakkab qilib berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. «Meҳnat tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, so’ngra qo’l barmoqlari bilan meҳnat qurollarni ushlashga o’rgangan (1§)



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling