17-rasm.
Zoom
dasturining bosh dialog oynasi
2.
SHuningdek, mazkur oynada dasturning imkoniyatlarini ochib
beruvchi “Решения”, “Войти в конференцию”, “Организовать
конференцию”, “Войти в систему” nomli vkladkalar mavjud (18-rasmga
qarang). Vkladkalarda taqdim etilgan imkoniyatlar ro’yxatidan imkoniyatni
tanlab, uning ustiga kursor bilan bosilsa, kengroq ma’lumotlar taqdim etiladi.
18-rasm.
Zoom
dasturi “Решения” vkladkasiga kiritilgan
imkoniyatlar ro’yxati
3. Matn ko’rinishidagi ma’lumotlarni o’qishdan ko’ra, videoroliklardan
ma’lumot olishni afzal deb bilsangiz, u holda bosh oynaning pastki qismida
videorolik ko’rinishida qo’shimcha ma’lumotlar berilgan. Masalan, video
konferensiyani o’tkazish tartibi to’g’risidagi ma’lumotni “Система
проведения конференций” nomli videorolikni tomosha qilish orqali olish
mumkin (garchi, videorolik ingliz tilida bo’lsada, internetda uning ruscha va
o’zbekcha variantlarini topish mushkul emas).
19-rasm.
Zoom
dasturi imkoniyatlari to’g’risida videorolik
4. Agar mazkur dasturdan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida tasavvur
paydo bo’lgan bo’lsa, u holda quyidagi algoritmni bajaring:
1- qadam: Dasturning bosh oynasida “Бесплатная регистрация”
qatoriga o’z elektron pochta manzilingizni kiritib, kursor yordamida shu
nomdagi tugma ustiga bosing.
2- qadam: Paydo bo’lgan dialog oynasidagi shakllarni to’ldiring va
“Продолжить” tugmasini bosing (20-rasmga qarang).
20-rasm.
Zoom
dasturida ro’yxatdan o’tish bosqichi
3- qadam: navbatdagi paydo bo’lgan dialog oynada elektron pochtangiz
haqidagi ma’lumotni tasdiqlashingiz so’raladi va “Подтвердить” tugmasini
bosib buni amalga oshiring (21-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |