Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 21.14 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi21.14 Kb.
#1806217
Bog'liq
Topografiya atrabotka

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEO AU_22 GURUH TALABASI
KARIMBOYEVA SEVARA RUSTAM QIZINING
TOPOGRAFIYA VA KARTOGRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
QAYTA TOPSHIRISH ISHI.
29.03.2023
Mavzu: Kartografik tasvirlash usullari: harakatdagi belgilar usuli, nuqtalar, areallar, bir joyga tegishli diagrammalar usuli.
Harakatdagi belgilar usuli. Harakatdagi belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida xaritalarda har xil ham tabiiy ham sotsial-iqtisodiy voqea va hodisalarga tegishli fazoviy o‘rin almashinishlarni kо‘rsatish uchun xizntat qiladi. Masalan, dengiz va okean oqimlari, qushlarni ko‘chib yurishi, sayohatlari marshruti, aholi migratsiyalari, yuk tashishlar va boshqalar. Ko'pincha ulardan harbiy operatsiyalarni rejasi va borishini ko‘rgazmali qilib tasvirlash uchun ham foydalaniladi. Mazkur usulni boshqa qo‘llash sohasi - bu har xil aloqalarni aks ettirish, transport, iqtisodiy, savdo. moliyaviy, siyosiy, madaniy va h.k. hisoblanadi. Harakatdagi belgilar joylanish xarakteri bo‘yicha xohlagan voqea va hodisalar uchun qo‘llanilishi mumkin: masalan, nuqtalar bilan kemaning harakati; chiziqlar bilan frontlarni ko‘chib yurishi; maydonlar bilan lavali maydonni; vaqtincha oqar suvlar oqizib kelgan yotqiziqlar yoyilmasini; tarqalgan hayvonlar migratsiyasi va h.k. Xaritani maqsadiga va xaritaga olinayotgan voqea va hodisani xususiyatiga mos holda harakatdagi belgilar yordamida harakatlanayotgan voqea va hodisani yo‘lini, harakat usulini, yo‘nalishini va ко‘chib yurish tezligini, sifatini, quvvatini, tarkibini ko‘rsatish mumkin. Grafik vositalar sifatida strelkalardan, shuningdek, har xil rangdagi, shakldagi va kenglikdagi polosa (tilim) lardan foydalaniladi.
Nuqtalar usuli: Bu usul bilan xaritada yoyilib (tarqalib) joylashgan voqea va hodisalami bir xil miqdor birliklarida belgilaydigan va uni joylanishi va to‘planishiga mos joylashtiriladigan bir xil o‘lchamdagi ko‘pchilik nuqtalar bilan tasvirlanadi. Bu usulda voqea va hodisani xaritada tasvirlashda nuqtalar obyektni haqiqiy geografik joylanishini eng yaxshi aks ettiradigan qilib joylashtiriladi. Ayrim hollarda bitta xaritada ikkita o‘lchamdagi nuqta berilishi mumkin, masalan, yirik nuqtada 1000 kishi, kichik nuqtada esa 100 kishi. Nuqtalar usulini yaxshi tanlash tasvirlanayotgan hudud chegarasida obyekt yoki voqea va hodisani tarqalishi to‘g‘risida ko‘rgazmali tasavvur beradi. Nuqtani «og‘ir» ligi uni miqdor, rangi esa sifat tavsifini aniqlashga imkon beradi. U ayniqsa kontrast (keskin farq qilib) joylashgan hodisalar uchun samarali usul hisoblanadi. Nuqtalar xaritaga ikkita usul bilan, ya’ni geografik va statistik usul bilan qo‘yiladi. Geografik usulda hodisani geografik joylanishi (tarqalishi) hisobga olinadi.
Areallar usuli: Areal lotincha “areal” - maydon, fazo, makon, bo‘shliq degan ma’nolami anglatadi. Birorta voqea va hodisani, masalan o‘simliklar turlarini, hayvonlarni, haydaladigan yerlarni tarqalgan joylariga areal deyiladi. Joylanish xarakteri bo‘yicha voqea va hodisa o‘zini arealni chegarasida uzluksiz, yaxlit, butun (masalan, yer yuzasini muzlashi) yoki tarqoq (masalan, paxta ekiladigan areal) bo‘Iishi mumkin. Areallar absolyut va nisbiy turlarga ajratiladi. Areal chegarasidan tashqarida o‘sha voqea va hodisa butunlay boshqa uchramasa, unday areal absolyut areal deyiladi, masalan hayvonlarni ayrim turi. Nisbiy areal ancha tor, u o‘sha voqea va hodisa tarqalgan hududni qoplaydi va o‘sha hududni ichida shu voqea va hodisa ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladi, masalan hayvonlar turi (olmaxon, krot - yer ostida yashaydigan bir turli sut emizuvchi hayvon) ovlash uchun yetarli tarqalish zichligiga ega bo‘ladi. Xaritalarda areallarni berish (ko‘rsatish) uchun har xil priyomlar (usullar) ishlatiladi. Areallarni ma’lum sifatli uzluksiz yoki uzuq punktir chiziqlar bilan chegaralash; arealni bo‘yash; arealni shtrixovkalash; areal chegarasida uni chegarasini bevosita ko‘rsatmasdan shtrixli belgilarni bir tekisda joylashtirish; arealni yozuv bilan uni chegarasida yoyib yoki alohida surat bilan ko‘rsatish va h.k. Areallarni jihozlashni turli usullari bo‘lib, bitta xaritada bir necha areallarni birga qo‘shib tasvirlashga imkon beradi. Bu har xil voqea va hodisalarni areali tarqalishi bo‘lishi mumkin (masalan, har xil qishloq xo‘jalik ekinlari), bitta hodisani uni ichki farqlarini tavsiflovchi (masalan, katta yoki kichik zichligini) yoki vaqt mobaynida o‘zgarishini (masalan, Rossiyada dehqonchilikni shimoliy chegarasini ko‘chib yurishi) va h.k. Kartografik tasvirlashni asosiy usuli sifatida, areallar ko‘proq zoogeografik xaritalarni tuzishda qo‘llaniladi.
Bir joyga tegishli diagrammlar usuli: Bu usul ma’lum nuqtalarga tegishli diagrammalar, uzluksiz va chiziqli tarqalgan mavsumiy va boshqa davriy voqea va hodisalarni-ularni rivojlanishi, miqdori, davom etishi, qaytalanishi va boshqa diskret tavsiflash uchun keng ishlatiladi. Bu usul odatda iqlimga tegishli mavzular: havo haroratni yil davomida o‘zgarishi, oylar bo‘yicha yog‘in-sochin miqdori taqsimlanishi. qor qoplamining dinamikasi, daryolarning yillik oqimini oylar bo'yicha taqsimlanishi, shamollarni yo‘nalishi, kuchi va h.k. Diagrammalarni joylashtirish uchun nuqtalar tutash maydonlarni xususiyatlarini o‘zida eng yaxshi aks ettiradigan punktlarda, masalan, meteostansiyalarda yoki chiziqli obyektlarni ma’lum nuqtalarida masalan, gidropostlarda tanlanadi. Uzluksiz yoki chiziqli tarqalgan hodisalar uchun mo‘ljallangan, ma’lum joyga taaluqli diagrammalarni, punktlarga joylashgan hodisalar uchun qo‘llaniladigan belgilar usulidan prinsipial farq qilishini qayd etish joiz. Diagrammalar Dekart yoki qutbiy koordinata sistemasida egri taqsimlanish yoki ustinchali diagrammalar ko‘rinishida tuziladi.
Download 21.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling