Наманган давлат университети “Тарих” кафедраси
Download 12.43 Kb.
|
Sharafutdinova Gulnara Rustamovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy pedagogik ishlar
- Ilmiy tadqiqot ishlari
- Magistr G.Sharafutdinova
University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi 70111801 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magustratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi Sharafutdinova Gulnara Rustamovnaning 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirgan ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan hisoboti O‘quv metodik ishlar: 2022-2023-o‘quv yili sentyabr oyida 70111801 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasida belgilangan “Qiyosiy tilshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari ”, “Ingliz tili o’qitish qiyosiy metodikasi”, “Kasbga yo’naltirilgan ingliz tili” fanlarini o‘tmoqdamiz. Ilmiy pedagogik ishlar: Ushbu vaqt mobaynida ish rejasida belgilanganidek, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) kafedrasi 1 nafar (4 soat) Filol.F.D.,(DcS), 1 nafar Ped.f.f.d.,(PhD) o‘qituvchilarining darslarini kuzatdim va pedagogik tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldim. Ilmiy tadqiqot ishlari: Ilmiy raxbarim Xorijiy til va adabiyoti fanlari doktori Filol.F.D.,(DcS) Do’sbayeva Nargiza Turg’unpo’latovna rahbarligida “Lexical-semantic aspects of dialects of American English” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot olib bormoqdaman. O‘tgan vaqt mobaynida Nodira nomidagi Namangan viloyat kutubxonasi, Namangan Davlat universiteti kutubxonasi hamda ilmiy rahbarim Filol.F.D.,(DcS) Do’sbayeva Nargiza Turg’unpo’latovna shahsiy kutubxonasida saqlanayotgan nodir asarlar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari va avtoreferatlari, gazeta va jurnallar hamda ilmiy to‘plamlari bilan tanishib chiqdim hamda ularning ichidan magistrlik dissertatsiyamga adabiyot to‘pladim. Mavzuim yuzasidan izlanishlar olib borib, Namangan Davlat Universiteti professor-o‘qituvchilaridan kerakli maslahatdarni olishga muvaffaq bo‘ldim. Ilmiy maqolalar ustida ish olib bormoqdaman va shu bilan birga “THE IMPORTANCE OF ACTIVE LEARNING STRATEGIES IN THE CLASSROOM” mavzusidagi maqolam “INNOVATSION SCIENCE AND RESEARCH” xalqaro ilmiy jurnalida 18.06.2023(ID: 0028 guvohnoma raqami) chop etildi. 2022-2023 o‘quv yili sentyabr oyi davomida universitet miqiyosida va Namangan viloyati hokimligi tomonidan berilgan yozma va og‘zaki buyruq topshiriqlari asosida bir qator jamoat ishlarida, turli ma’naviy tadbirlarda ishtirok etdim. Magistr G.Sharafutdinova Download 12.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling