Namangan davlat universiteti tarix fakulteti


Download 52.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1371424
Bog'liq
Чингизхон




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI
TARIX (MAMLAKATLAR VA YO’NALISHLAR
BO’YICHA) YO’NALISHI
3-BOSQICH, STRX-BU-20-GURUH TALABASI


TOIROVA GULHAYONING
HARBIY JANG SAN’ATI FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
NAMANGAN-2022
Mavzu: Chingizxon

Chingizxoning asl ismi Temujin yoxud Temuchin bo’lib, taxminan 1155-yilda Onon daryosi yaqinida Delpun Bo’ldan mavzesida tug’ilgan.


Mo’g’ullar imperiyasining asoschisi va birinchi buyuk xoqoni (qooni). Xitoy, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada mo’g’ullar istilolarini uyushtirgan. Insoniyat tarixidagi eng yirik imperiya asoschisi.
1155-yilda bir necha qabilalar boshlig’i bo’lmish Yasugoy bahodir va Ulun xotun oilasida Temuchin tug’iladi. Mirzo Ulug’bekning yozishicha Yasugoy bahodir o’z atrofidagi ulug’ a’yonlar bilan kelishib, o’g’lining ismini Temuchin deb qo’yadi. Bunga sabab o’sha vaqtlarda tatar qabilasi qudratli podshosining ismi ham Temuchin bo’lgan. Go’dak ulg’ayganda Temuchindek bo’lsin deb niyat qilingan.
Abulg’oziy Bahodirxonning yozishicha esa Temuchin mo’g’ullarning Yilun-Yildiq degan joyida tug’iladi. Tug’ilganida bir qo’li yumilgan edi va enaga xotin qo’lini ochib qaraganida qo’lida uvishib qolgan azgina qonni ko’radi. Bu voqeani Yoshi ulug’larga aytadi. Ulardan biri shunday deydi: “Bu go’dak ulug’ podshoh bo’ladi, yer yuzining barchasini olib, ko’p ellarni qatl etadi va viloyatlarni vayron qiladi”, deb bashorat qiladi.
Temuchin 13 yoshida otasidan yetim qolgan paytlarda otasiga tobe’ bo’lgan ko’pgina qabilalar ularni tashlab ketadi. Shuning uchun Temuchin murakkab va xavfli vaziyatlarga duch keladi. 1195-1204-yillarda Temuchin kerayidlar boshlig’i Vanxon To’g’ril (O’nxon) bilan ittifoqda Merkit, Nayman, Kuralas, Durban va boshqa qabilalarni bo’ysundiradi. Keyinchalik Vanxon va Temuchin o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, 1204-yilda O’nxon bilan Temuchin o’rtasida bo’lgan jangda g’alaba qozongan Temuchin xonlik taxtiga o’tiradi. 1206-yilda mo’g’ul aslzodalari, no’yonlari ishtirokidagi qurultoyda “Chingiz” (Tengiz – dengiz okean) unvoni bilan (Ulug’ xon ma’nosida) barcha qabila, urug’-elatlarining buyuk xoqoni deb e’lon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan e’lon qilinga qonunlar to’plami Yasoq muhim rol o’ynaydi.
Chingizxon o’zining qudratli armiyasini yaratib, shu qudratli armiya yordamida ko’plab hududlarni bosib oladi.
Jumladan, Sibirdagi bir necha elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211-1215) o’z tasarrufiga kiritadi. Shuningdek, O’rta Osiyoga ham ko’z tikadi. Bu davrda Chingizxon davlatining g’arbiy chegaralari Xorazmshohlar saltanatiga bevosita tutashib ketgan edi. Chingizxon va Xorazmshoh o’rtasida bir-birlarining kuch-qudratini bilib olish maqsadida hattoki elchilik aloqalari ham yo’lga qo’yilgan edi.
Dastavval 1216-yilda Xorazmshoh Bahovuddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini Chingizxon huzuriga yuborgan. Bir necha bor olib borilgan elchilik aloqalaridan so’ng baribir ikki buyuk davlat o’rtasida urush harakatlari kelib chiqadi.
Bu davrda Xorazmshohlar davlatining qo’shin soni mo’g’ullarnikiga nisbatan ko’p bo’lsa ham siyosiy va ma’muriy jihatdan mamlakat mustahkam emas edi. Buning ustiga Xorazmshoh harbiy kuchlarni to’plab, dushmanga hujum qilish o’rniga, qo’shinni turli shaharlarga bo’lib, mudofaa taktikasini qo’llaydi. Xorazmshohning farzandi hisoblangan Jaloliddin Xo’jand hokimi Temur Malik hattoki tasavvufning taniqli vakili Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat qozongan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy ham yurtning har bir shaharlari, har bir qishlog’u-ko’chalari uchun so’nggi nafaslari qolguncha jang qilishadi.
Ayniqsa, bunda Sulton Jaloliddinning ko’rsatgan jasorati tahsinga sazovordir. Uning tiriklik davrida mo’g’ullar O’rta Sharqni bosib ololmaydilar. Bu voqea ancha keyin ya’ni 1256-yilda ro’y beradi.
Mo’g’ullar bosib olgan hududlar vayron etilgan, aholisi qirib yuborilgan, tirik qolganlar esa qullik asoratiga solingan. Chingizxon 1224-yilda o’z davlatini to’rt nafar o’g’liga taqsimlab beradi.
Chingizxon 1227-yilda 65 yoshida vafot etadi. Uning nima sababdan vafot etgani noma’lum, hattoki uning ko’milgan joyi ham sirligicha qolmoqda. Turli mish-mishlarga qaraganda uning o’limiga kasallik, otdan yiqilib tushish kabi sabablar keltirilgan. Bundan tashqari uning yosh xotini Tangut malikasi tomonidan pichoqlab o’ldirilganligi haqida mish-mishlar uchraydi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Chingizxon o’z davrining o’ta iqtidorli harbiy sarkardasi, siyosatchisi bo’lgan ekan. U olib borgan barcha harbiy yurishlar puxta o’ylangan reja asosida olib borilganligi va mohirona boshqarilganligi sababidan doimo muvaffaqiyat qozonadi. Lekin u bosib olgan joylarda olib borilgan vayronagarchiliklar inson qalbini dahshatga soladi. Shu o’rinda bobomiz Amir Temurni eslamasdan iloji yo’q. U bosib olgan yurtlarida ham ko’plab obodonchilik ishlarini olib borgan. Masalan, Bag’dod, Darband, Boykalon shaharlari bunga misol. Lekin Chingizxonni barcha din vakillari o’zaro totuvlikda yashashini xohlagani va din erkinligiga e’tibor bergani uning yaxshi tomonlarini ham ko’rsatib beradi. Har bir insonning yaxshi va yomon tomoni bo’lganidek, Chingizxon ham bundan mustasno emas.
Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling