Miqdoriy analiz. Xromato-mass-spektrometriya usulida miqdoriy analizni
o‘tkazish hamma vaqt ham qoniqarli natija beravermaydi. Xromat
massspektrometrda to‘liq ionli tok bo‘yicha olingan xromatogramma umumiy
holda ichki mo‘tadillash usuli bilan miqdoriy analiz o‘tkazishga yaroqsiz. Bunga
asosiy sabab ―to‘liq ionli tok‖ ning to‘liq bo‘lmasligidir. Oddatda massani qayd
etishning quyi massa chegarasi (m/z) qiymati 29-30 a.m.b.ni tashkil etadi. Bu esa
massasi shundan kichik bo‘lgan ionlar qayd etilmaydi deyilganidir (1.3.1-rasmga
qarang).
Umuman olganda mass-spektrometrik detektor ham gaz xromatografiyasi
uchun ishlatiladigan boshqa detektorlarga o‘xshab miqdoriy analiz nuqtai
nazaridan qaralganda bir xil modda miqdoriga bir xil chaqiriq (signal) bermaydi,
pretsizon miqdoriy o‘lchashlar o‘tkazilganda boshqa usullardan foydalaniladi.
1.3.1-rasm. α - penin spektrlari: elektron urishning to‘liq mass-spektri (A), mass
30-650 a.u.b. oralig‘ida qayd etishda xromato-mass-spektrometrda olingan
massspektr (B).
Ba‘zi holatlarda, masalan, enantio-selektiv moddalar analizida va
enantiomerlar nisbatini aniqlashda xromato-mass-spektrometrik detektorlash
26
to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy analiz o‘tkazish imkonini beradi. Chunki enantiomerlar
juftlarining mass-spektrlari bir xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |