Namangan davlat universiteti
Flavanoidlarning Mass-spektroskopiyasi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi
1.4.3. Flavanoidlarning Mass-spektroskopiyasi.
Laboratoriyalarning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi xromatomass-spektrometrik usulni o‘simlik moddalarning sifat va miqdor jihatda analiz qilib, ularning sifatini atroflicha baholash imkoniyatini yaratdi [11]. Shuning uchun turli o‘simliklar vegetativ va generativ organlaridan olingan namunalarning yengil uchuvchan birikmalarini [56 ], muvozanatda bo‘lgan komponentalarini [38], turli eruvchilardagi ekstraktlarini aniqlash ishlari bajarilgan jumladan [39] da dorivor moychechak (Chamomillo recutita R) ning tarkibi gaz xromatografiyasi usulida o‘rganilgan. Xromatografik tekshirishlar detektor bilan jihozlangan mass- selektiv Agilent 7890 GC asbobida olib borilgan. Ajratish kolonkasi o‘lchami 30 m X 0,25 mm bo‘lgan kvarts kapillyar shisha bo‘lib, u HP- BMS turg‘un fazasi bilan to‘ldirilgan. Ajratish jarayoni 5 minut davomida 40 0 C da izotermik rejimda, keyin esa 2 0 C larni tezlik bilan 80 0 C gacha va 7 0 C larni tezlik bilan 150 0 C gacha qizdirilgan. 150 0 C da 5 minut davomida saqlanib, yana 10 0 C larni tezlik bilan 250 0 C gacha qizdirilgan. Bug‘latgich temperaturasi 220 0 C –xom ashyoning muvozanatdagi bug‘ fazasi analiz qilinganda, 270 0 C qattiq fazali mikroekstrakt qo‘llanilganda, ionmanbaining 25 temperaturasi 230 0 C; kvadrupol temperaturasi 150 0 C; o‘tish liniyasining temperaturasi 280 0 C. Gaz tashuvchi sifatida geliy ishlatilgan. Uning oqimi 1 ml/min; namunani kiritish rejimi Split 1:10; gaz holidagi namuna xajmi 1 sm 3 . Komponentlar identifikatsiyasi WILEYB va NISTOB mass spektrlar bankidan foydalanib bajarilgan. Spektrlarni qayd etish oralig‘i 29 -500 m/z.Olingan natijalar asosida muvozanatdagi bug‘ fazani analiz qilish dorivor moychechak tarkibini aniqlashda ko‘p ma‘lumot berishi ko‘rsatilgan. Ozorboyjanda o‘sadigan NEPETA MEYRI o‘simligi efir moylarini o‘rganish ishlari Hewlwett Packard 5973-6890 GX-MS spektrometrida quyidagi sharoitda amalga oshirilgan; O‘lchami 30 m X 0,25 mm bo‘lgan kvars kapillyar kolonka, kolonka termostati temperaturasi 5 minut davomida 40 0 C keyin esa 4 0 C larni 45
tezlik bilan 280 0 C gacha. Efir moyining yuboriladigan hajmi 0,1 ml; Oqimni bo‘lish 1:50; gaz-nositel-geliy 32 sm/s chiziqli tezlik bilan [31].
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling