Namangan davlat universiteti


Tanlangan mavzu bo’yicha munozaraga tayyorgarlik ko’rish, quyidagi jihatlarni e’tiborga olishni talab etadi


Download 0.63 Mb.
bet16/48
Sana25.11.2021
Hajmi0.63 Mb.
#177297
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
umumiy orta talim maktabi oquvchilarining ota-onalariga pedagogic bilim berisnning pedagogik asoslari

2.Tanlangan mavzu bo’yicha munozaraga tayyorgarlik ko’rish, quyidagi jihatlarni e’tiborga olishni talab etadi:

A) Munozarada boshlovchi rolini olib boruvchi mutahasisni tashlash, boshlovchi faqat munozara mavzusiga oid masalalarnigina emas, balki falsafa, psixologiya sohalarini ham chuqur egallagan bo’lishi, mamlakatimiz hayoti va xorijdagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni yaxshi bilishi, ota-onalarning ishochini qozongan obro’li odam bo’lishi kerak.

Boshlovchining vazifasi munozarani to’g’ri tashkil etish, ishtirokchiarning hissiyotga berilishiga, ularning asosiy masaladan chetga chiqishlariga yo’l qo’ymaslik, mavzu yuzasidan o’z nuqtai-nazarlarini erkin ifodalashga sharoit yatatib berishdan iborat.

Boshlovchi ba`zan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni pedagogik mahorat bilan bartaraf etishi, tashlangan luqmaga o’rinli javob qaytara olishi, zarur bo’lganda vaziyatdan chiqib ketishi, munozarani umumlashtirib yakun yasay olishi, xulosalar chiqarishi talab etiladi.

B) Ota-onalarni navbatdagi munozarada faol qatnashishga taklif etuvchi va yaxshilab bezatilgan e’lon tayyorlash. Bu e’londa munozaraning mavzusi, o’tkazilish vaqti va joyi, shuningdek, muhokama qilinadigan masalalar ko’rsatiladi. E’lonni alohida varaqalarda ko’paytirish va ota-onalarga tarqatish maqsadga muvofiqdir.

V) Munozara mavzusiga oid tavsiya qilingan adabiyotlar ro’yxatini tuzib chiqish, ro’yxat e’lonning o’zida ko’rsatiladi yoki alohida olib qo’yiladi. Ota-onalarni ana shu ro’yxat bilan oldindan tanishtirish zarur.

G) O’tkazilgan munozaralar bo’yicha hisobotlar tayyorlashni tashkil etish.

D) Munozarada so’zga chiqish uchun ikki, uch kishini oldindan tayyorlab qo’yish lozim. Bu shuning uchun zarurki, rahbarning kirish so’zidan keyin odatda birinchi notiq so’zga chiqquncha, orada bir muncha jimlik hukm suradi. Tayyorlangan o’rtoqlarning so’zlari munozara xarakteriga ega bo’lishi maqbuldir. Bu tinglovchilarni qiziqtiradi va munozara ancha yuqori saviyada o’tadi.

E) Maktab devoriy gazetasining, o’tkaziladigan munozara mavzusiga oid bezatilgan maxsus sonini chiqarish.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling