Namangan davlat universiteti
Download 297.84 Kb. Pdf ko'rish
|
ilk orta asrlarda koreya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mamlakatning Silla boshchiligida birlashgandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 4. Ilk o’rta asrlarda Koreya madaniyati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKUL’TETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI II kurs 205- guruh talabasi
Vahobjonov Barkamolning JAHONTARIXI
fanidan “ILK O’RTA ASRLARDA KOREYA” mavzusida tayyorlagan
Namangan – 2015 yil REJA : 1. Ilk koreys davlatlarining vujudga kelishi 2. Koreys davlatlari o‘rtasidagi kurash, ularning Xitoy va Yaponiya bilan munosabatlari, urushlari 3. Mamlakatning Silla boshchiligida birlashgandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 4. Ilk o’rta asrlarda Koreya madaniyati 1. Ilk Koreys davlatlarining vujudga kelishi. Tarixiy yozma manbalarda yarim orolda yashagan turli qabilalar haqida malumotlar mavjud. Shimolda koguryo, yemek, okcho qabilalari, Xangan daryosidan janubroqda xan qabilasi yashagan. U uchta shoxchaga bo‘lingan: maxan (xan), chinxan, pyonxan. Aholi chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Lekin, asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik edi. Asosan «besh non» deb atalgan ekinlar ekilgan. Kiyim bo‘z va shoyidan tayyorlangan. Tabaqaviy munosabatlar shimolda Amnokan daryosi havzasida yashovchi koguryo qabilasida avvalroq boshlangan. Dastlab harbiy demokratiya bo‘lgan. Okcho va yemek qabilalari Koguryoga bo‘ysundirilgan. Don, mato, baliq, kanizaklar bilan o‘lpon to‘langan. Janubda tabaqalar tashkil topish jarayoni kechroq boshlangan. Xan qabilasi 78 urug‘ga bo‘lingan. Mazkur urug‘lar Xitoy manbalarida «davlat» nomi bilan tilga olingan. Koguryolarda harbiy sardor Van (qirol) unvonini olgan. Zodagonlar harbiy amaldorlarga aylangan. Amaldorlar o‘n ikki darajaga bo‘lingan. Koreya yilnomalarida xususiy mulkni himoya qilish maqsadida qonunlar yaratilganligi haqida yozilgan: o‘g‘ri o‘g‘irlangan molni o‘n ikki baravari darajasida to‘lagan, birovning hayvoniga zarar yetkazgan kishi hatto qulga aylantirilgan. Koguryo davlati qachon paydo bo‘lganligi xususida tarixchilarda yagona fikr yo‘q, lekin, u IV asr oxiri – V asr boshlarida yarim orol shimoli hamda qo‘shni Lyaodun yarim oroli hududini egallagan kuchli davlat bo‘lgan. Yarim orol janubida davlat paydo bo‘lish jarayoni pekche, saro, kaya qabilalari tomonidan zaifroq qo‘shinlarni bo‘ysundirish orqali yuz bergan. Bo‘ysundirilgan yerlar zodagonlari tabiiy ravishda bosqinchi zodagonlar bilan qo‘shilib ketgan. Pekche jamoasi III–IV asrlarda qo‘shni jamoa va qabilalrni bo‘ysundirgan. Koreya janubiy g‘arbida Xangan va Kimgan dayorlari havzalarida ancha kuchli Pekche davlati paydo bo‘lgan. V–VI asrlarda yarim orolning janubiy sharqiy qismida Silla davlati vujudga kelgan. Uning yadrosining saro (sobol) qabilasi tashkil etgan. Yangi davlatda ma'muriy bo‘linishning hududiy qoidasiga asoslangan. Turli darajadagi maxsus amaldorlar boshqarmasi vujudga kelgan. Silla davlati eng janubidagi kaya qabilalar ittifoqi va uzoq Usam orolini o‘ziga qo‘shib olgan. Shunday qilib, VI asrga kelib Koreya yarim oroli hukmronlik uchun o‘zaro kurashayotgan Koguryo, Pekche va Silla davlatlari bo‘lgan. Bu davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar masalasi koreys tarixshunosligida uzoq vaqt munozara va bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Ayrim tarixchilar bu quldorlik davlatlari edi, deb hisoblasalarda, ular feodal xususiyatga ega bo‘lgan. Dehqon jamoalari davlat fuqarolari sifatida soliq to‘laganlar, saroy, yo‘l, qal'alar qurilishi kabi turli majburiyatlarni o‘taganlar. Yerning oliy egasi davlat bo‘lgan. Feodallar ham davlatdan yer olganlar. Koguryo va Silla davlatlarida ilk feodalizm uchun xususiyatli tizim keng tarqalgan. Qullar ishlab chiqarishda katta rol o‘ynamagan bo‘lsalar kerak. Bu davrda ularning huquqiy ahvoli o‘zgargan. Masalan: VI asr boshida Silla davlatida van o‘lganda an'anaviy ravishda o‘nta qulni o‘ldirib, qo‘shib ko‘mish odati taqiqlangan. 558 yili lashkarboshi Sadaxam tomonidan kay qabilasi bo‘ysundirilgandan keyin mukofotga olgan 200 asirni qul qilmay, erkin dehqonlarga aylantirilishi uning aholi o‘rtasidagi obro‘sini oshirgan. Xitoydan davlat boshqaruvi tizimi bilan birga mafkura ham o‘zlashtirib olingan. Koreys davlati hukmdorlariga konfusiylik ko‘proq yoqqan. Davlat xizmati uchun amaldorlar maxsus konfusiylik maktablarida tayyorlangan. Feodal tuzum shaklanuvida muhim rol o‘ynagan buddaviylik ham Xitoydan kirib kelgan. Koguryoda dastlabki budda rohiblari 372 yili paydo bo‘lganlar. Pxenyan yaqinida ikkita budda monastri qurilgan. 384 yili Pekje vani iltimosiga binoan janubiy Xitoydan rohiblar kelishgan. Ularga katta yerlar in'om etilgan. Silla davlatiga Koguryodan kirib kelgan buddaviylik VI asr birinchi yarmida keng tarqalgan. Sillada ham ma'muriy bo‘linish Xitoydagi kabi bo‘lgan. Boshliqlar poytaxtdan tayinlangan. Davlat poytaxti Kimson yirik shaharga aylangan. Katta yo‘llar va suv orqali doimiy pochta xizmati mavjud bo‘lgan.
Download 297.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling