Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet2/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
SO’ZBOSHI
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar fuqarolik huquqi oldiga katta vazifalarni qo’ymoqda. Ma’lumki, fuqarolik huquqi yurisprudentsiyaning asosiy negizlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy munosabatlar salmoqli mavqeini egallaydi. U mulkiy va shaxsiy huquqlar bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligiga asoslangan mulkiy, shaxsiy va tashkiliy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda, shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni shartnomaviy usulda tartibga solishda, ijodiy faoliyatni huquqiy muhofaza qilishda fuqarolik huquqi muhim o’rin tutadi. Zero, u kundalik yurish-turishimiz, amalga oshiradigan faoliyatimiz, o’zaro muloqotlar, tashkiliy-xo’jalik aloqalari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirish kabi ko’plab hayotiy munosabatlarni tartibga soladigan, o’rganadigan huquq sohasi sanaladi.
Fuqarolik huquqi alohida huquq sohasi, ilm-fan sohasi va o’quv predmeti hisoblanadi. Huquq sohasi ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni tartibga solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni o’rganadi.Butun dunyo huquq tizimlarida tsivilistika deb ataluvchi mazkur huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli zamonaviy yurist fuqarolik huquqi fanini o’zlashtiribgina yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi mumkin. Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga olgan holda o’quv –uslubiy manbalarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur holatlarni talabalarga yetkazish muhimdir.
Fuqarolik huquqi rivojlangan har qaysi huquq tizimining mustaqil va muhim soxalaridan biri hisoblanib, u qadimgi Rim davlatida shakllangan huquq tizimining dastlabki poydevoriga tayangan holda vujudga kelgan. O’sha davrda sodir etilgan barcha xatti-harakatlar, dastlab fukarolik huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi, keyinchalik fuqarolik huquqining keng kamrovli rivojlanishiga, uning ijtimoiy hayotdagi axamiyatining ortishiga, huquq soxalari qatorida egallagan mavqeining mustaxkamlanishi va o’sishiga ijobiy ta`sir ko’rsatgan.
Ushbu metodik ko’rsatmaning tuzuvchisi yuridik fakultetning yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Abdug’aniyev Temurbek tomonidan ilmiy va uslubiy jihatlariga etibor bergan holda tayyorlangan. Ko’rsatmada mavzular tushunarli tartibda tahlil etilga, mavzular bo’yicha savollar, testlar va kazuslar bilan to’ldirilgan.Umid qilamizki, mazkur metodik ko’rsatma fuqarolik huquqining umumiy qismini o’rganish jarayonida talabalar uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Akayeva Marapat Abduxalikovna
Yu.f.n.dosent.



Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling