Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet10/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab qo‘yiladi va binobarin, ularning tashkil bo‘lish-bo‘lmas­ligi maqsadga muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta’sis hujjat­larining (yuridik shaxslarni tashkil etish haqidagi ta’sis shartno­masi va ularning ustavi) qonunga muvofiqligi tekshiriladi, xolos.
Yuridik shaxslarning turlari. FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab(tijoratchi va notijorat) tasniflanadi(FKning 40-moddasi). Yuridik shaxslarning tijoratchi turlari muassislarning foy­da olish maqsadini ko‘zlab tuziladi. Notijorat turlarida muassis­lar foyda olish maqsadini ko‘zlamaydilar.
Mantiqiy savollar
1. Jismoniy shaxs tushunchasini tushuntiring.
2.Fuqarolarning huquq layoqati tushunchasi.
3.Fuqarolarning huquq layoqatining boshlanishi, tamom bo‘lishi va cheklanishi masalasini fuqarolik kodeksi asosida tushuntirib bering.
4.Fuqaroning muomala layoqati nima?
5.Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
6.Yuridik shaxslarning vujudga kelishi tartibi qanday?
7.Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari nima?
8.Yuridik shaxsning organlari.
9.Yuridik shaxsning javobgarligi va turlari qanday?


2-MAVZU UCHUN T E S T L A R.
1.Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga
soladi?
A) Mulkiy va shaxsiy munosabatlarni
B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni
C) Korxonalar ōrtasidagi mulkiy munosabatlarni
D) Barcha mulkiy munosabatlarni
2.Fuqarolik huquqiy layoqati qachon vujudga keladi?
A) Tuğilgandan
B) 16 yoshdan
C) 18 yoshdan
D) 14 yoshdan
3.Fuqarolik huquqiy layoqat qachon tugaydi?
A) Fuqaro jinoiy jazoga tortilsa
B) Jismoniy shaxs tugatilganda
C) Fuqaro ruhiy kasal bo‘lganda
D) Jismoniy shaxs o‘lganda
4.Fuqarolik huquqiy layoqati nima?
A) Yashash, mol-mulkka ega bólish huquqi
B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bólish
C) Yashash, fikrlash huquqi
D) Sud, tergov organlarida javobgar bo‘lish

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling