Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida


Download 467 Kb.
bet18/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida; Fuqarolik huquqlarining obyektlaridan biri hisoblangan ashyolar muayyan moddiy qiymatga ega bo‘lgan hamda iqtisodiy munosabatning predmeti bo‘la oladigan narsalargina bo‘lishi mumkin. (FKning 86-moddasi) Ashyolar ham turlarga bo‘linadi
2.Ko‘char va ko‘chmas ashyolar
Ko‘char ashyolar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida xususiyatlarini o‘zgarishsiz saqlaydigan va o‘z maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin bo‘lgan ashyolar hisoblanadi. Ko‘chmas ashyolar odatda doimiy ravishda bir joyning o‘zida mavjud bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga, xususiy belgilarga ega bo‘ladi. Shu sababli ham u jismiy alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga emas, balki xususiy alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga kiritiladi. Bunday ashyoning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri er bilan uzviy bog‘liqligidir.
Iste’mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida butunlay yo‘qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o‘zgaradigan narsalar (masalan, oziq-ovqat, xom-ashyo kabilar)dir.
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar Iste’mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha o‘zoq vaqt davomida o‘zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar odatda, qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qayta-qayta foydalanish davomida iste’mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham asta-sekin kechadi. Iste’mol qilinmaydigan ashyolar jumlasiga binolar, uskunalar, transport vositalari va h.k.lar kiradi.
Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar ham kiradi. Masalan, jahon birinchiligida chempion bo‘lgan ot, ko‘hinur olmosi va shu kabilar. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolardan muayyan usulda belgi qo‘yish yoki muhr bosish, raqam qo‘yish bilan farqlanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar:Son, o‘lchov va og‘irlik bilan ko‘rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan. 100 dona shifer, 100 dona parta, 100 metr material, 100 tonna paxta.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling