Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
Download 467 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU UCHUN TESTLAR 1. Bitimlarning turlarini aniqlang
- 4. Bitim nima
- 6. Bitim qanday shaklda tuziladi A) Og‘zaki yozma B) Oğzaki C) Yozma ravishda D) Og‘zaki yoki notarial o‘tkazilgan 7.Bitim shakllari
Mantiqiy savollar
1.Bitim turlari qanday? 2.Bitimning boshqa yuridik faktlardan farqi nimalarda? 3. Bitimlarning ahamiyati va qo‘llanish sohasini tushuntirib bering. 4.Bitim shakli. 5.Bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday? 6. Bitimning notarial shaklida va uni ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik oqibatlari. 7.Bitimlarning haqiqiy sanalish shartlari. 8.Bitimlarning haqiqiy emasligi huquqiy oqibatlari nimag olib keladi? MAVZU UCHUN TESTLAR 1. Bitimlarning turlarini aniqlang? A) Bir tomonli, ikki tomonli yoki kōp tomonli bitim B) Bir tomonli yoki ikki tomonli bitim C) Kōp tomonli, bir tomonli bitim D) Ikki yoki bir necha odamlar ōrtasidagi bitim 2. Bitim qanday shaklda tuziladi? A) Ogzaki B) Ogzaki yozma bitim C) Yozma ravishda D) Oģzaki yoki notarial ótkazilgan 3. Mulk huquqi tushunchasini aniqlang? A) Mulkka ega bo‘lish, foydalanishga tasarruf qilish B) Mulkka ega bo‘lish C) Xususiy mulkka ega bo‘lish D) Xususiy,umumiy,davlat mulki 4. Bitim nima? A) Huquqiy hujjat; B) Ikki yoki bir necha subyektlarning kelishuvi; C) Shartnoma; D) Fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat; 5. Bitimlarning turlarini aniqlang? A) Bir tomonli, ikki tomonli yoki kóp tomonli bitim B) Bir tomonli yoki ikki tomonli bitim C) Ko‘p tomonli, bir tomonli bitim D) Ikki yoki bir necha odamlar órtasidagi bitim 6. Bitim qanday shaklda tuziladi? A) Og‘zaki yozma B) Oğzaki C) Yozma ravishda D) Og‘zaki yoki notarial o‘tkazilgan 7.Bitim shakllari A) 7 B) 6 C) 2 D) 9 MAVZU UCHUN KAZUSLAR 1-kazus Davlat imtihonida I. Norimonovga dalat va jismoniy shaxs o‘rtasida tuzilgan bitimlarning mohiyati to‘g‘risida savol tushadi. Berilgan savollarga javob berar ekan I. Norimonov bu ikki subyekt o‘rtasida bitim tuzilishi mumkin emas, buning sababi Fkning 101-moddasida davlatning bitim tuzishga haqli ekanligi to‘g‘risida tushuncha yo‘q, deya javob beradi. U o‘z savoliga qo‘shimcha ravishda javob berar ekan ,davlat bilan jismoniy shaxslar shartnomalar tuzishi mumkin ,lekin bitim tuza olmaydi, degan xulosaga keladi. Javobni sharhlang va unga o‘z munosabatingizni bildiring? FKning 101-moddasi talablaridan kelib chiqib kazusga oydinlik kiriting? 2-kazus N. Sharipov, G. Xasanov, L. To‘qliev va N. Namozovlar birlashib tadbirkorlikni amalga oshirishga kelishib oladilar. O‘z kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirish maqsadida huquqshunos S. Karimovga murojaat etadilar. S. Karimov ularning bitimi oddiy shirkat shartnomasi ekanligini va shartnomani tuzayotgan paytda ularning shartnomalari tekinga tuzilayotganligini ,ularda muqobil ijro – yo‘qligini, ular faqatgina foyda ko‘rsa u foyda teng bo‘linishligini aytadi. Shundan so‘ng shartnomaning baho bilan bog‘liq bandiga “tekinga “degan yozuvni kiritadi. Bu erda huquqshunosning harakatini baholang? Haq evaziga va tekinga tuziladigan bitimlarning farqini ko‘rsatib bering? Tuzilayotgan shartnoma haq evaziga tuziladimi yoki tekinga tuziladimi? Ushbu kazusga oydinlik kiriting? 3-kazus Bayram kuni yig‘ilgan sinfdoshlar kunni birgalikda o‘tkazish maqsadida choyxonada osh qilishmoqchi bo‘lishadi. Lekin ularning ayrimlarida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli garov o‘ynab ,undan yutqazgan bolaning zimmasiga choyxonadagi oshni yuklashni maqsad qilib oladilar. Ular asosiy e’tiborni sinfdoshlar ichida moliyaviy baquvvat bo‘lgan Choriga qaratishadi va ular amalga oshirayotgan harakat nima qilib bo‘lmasin Chorini oshga tushurish bilan bog‘liq bo‘lishadi. Kelishib olgan bolalar Chorini uydan chaqirib kelib ,o‘z fikrlarini unga etkazadilar. Sinfdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvdan xabari bo‘lmagan Chori tabiiyki,garovda yutqazib qo‘yadi. Kazus qanday hal qilinadi? Garov o‘yinlar haqiqiy hisoblanadimi? Chori sinfdoshlar o‘rtasidagi kelishuvni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga murojaat eta oladimi? Download 467 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling