Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet23/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
6-Mavzu: Bitimlar
O‘rganiladigan masalalar:
1.Bitim tushunchasi va turlari.Bitimning boshqa yuridik faktlardan farqi. Bitimlarning ahamiyati va qo‘llanish sohasi.
2.Bitim shakli. Bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Bitimning notarial shaklida va uni ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik oqibatlari.
3.Bitimlarning haqiqiy sanalish shartlari.
4.Bitimlarning haqiqiy emasligi tushunchasi,turlari va uning huquqiy oqibatlari.
Tayanch so‘z va iboralar:Bitim ;Bitim turlari ;Bitim shaklari
Bitim tushunchasi Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK, 101-modda).

Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan huquqiy oqibat tug‘dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma’lum moddiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi.Bitim shaxslarning erki bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat bo‘lganligi tufayli, bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, ya’ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Ayrim mualliflarning fikricha, bitimning mazmunini quyidagi belgilar tashkil etadi:
bitim–erk-irodani ifodalovchi hujjat;
haqiqiy harakat natijasida yuzaga keladi;
bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor qilishga maxsus yo‘naltirilgan bo‘ladi;
bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatni yuzaga keltiradi.
Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug‘dirish uchun bitim to‘zuvchi shaxslar bitimda o‘z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim bo‘ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, xizmat ko‘rsatishga, ma’lum mulkni topshirishga yoki ma’lum pulni to‘lashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuridik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik faktlardan farq qiladi. Kazusn, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi. Bitimlar uchun quyidagi shartlarning bo‘lishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo‘lishi va bu erk ma’lum huquqiy oqibatlar tug‘dirishga qaratilgan bo‘lishi;
c) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o‘zining tashqi ifodasini topishi, ya’ni ma’lum shaklda izhor qilingan bo‘lishi kerak.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling