Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet5/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Mantiqiy savollar
1.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi tushunchasini tahlil eting.
2.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi predmeti nima?
3.Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari qaysilar?
4.Fuqarolik huquqining tizimi tavsiflang.
5.Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va uning turlari.
1-MAVZU UCHUN TESTLAR
1.Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi?
A) Mulkiy va shaxsiy munosabatlarni
B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni
C) Korxonalar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni
D) To’g’ri javob berilmagan
2.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi qachon qabul qilingan?
A) 20.12.1996 B) 15.01.1996
C) 21.12.1995 D) 21.08.1995
3. Mulkiy munosabatlar necha guruhga bo‘linadi?
A) 3 C) 4
B) 5 D) 2
4.O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil teng huquq va erkinliklarga egaliklari va qonun oldida tengliklari Konstitutsiyaning qaysi moddasida ko‘rsatilgan?
A) 18-modda) B)17-modda
C) 21-modda D) 14-modda
5.Fuqarolik kodeksi necha qismdan iborat?
A) 2 qismdan B) 4 qismdan
C) 6 qismdan D) 8 qismdan
1-mavzu uchun glossariylar
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi fani tushunchasi - fuqarolik huquqi huquqning alohida sohasi bo‘lib, u fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soladi va mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi fani predmeti - mulkiy munosabatlar va shaxsiy nomulkiy munosabatlardir.
Fuqarolik huquqi manbalari - fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar fuqarolik huquqining manbai hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari (O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonuni).
Munosabat tushunchasi - fuqarolik huquqiy munosabat ya’ni shaxslar o‘rtasidagi munosabatdir.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling