Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


II BOB. “TEMUR TUZUKLARI” MUHIM HUQUQIY MANBA


Download 56.61 Kb.
bet5/7
Sana11.10.2023
Hajmi56.61 Kb.
#1698858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
azamat kurs ishi (10)

II BOB. “TEMUR TUZUKLARI” MUHIM HUQUQIY MANBA
2.1. “Temur Tuzuklari” – temuriylar davlatining asosiy huquq manbasi.
Amir Temur nomi bilan bog‘liq bo‘lgan uning siyosiy-huquqiy qarashlari to‘plami “Temur Tuzuklari”, “Voqeati Temuriy” (Temurning boshidan kechirganlari) kabi nomlar bilan sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan to‘plam Temurning hayotiy tajribalari asosida ishlab chiqilgan, qonun darajasiga ko‘tarilgan va o‘zining vorislari uchun nasihatlarini o‘z ichiga olgan.
“Temur Tuzuklari” XIV asrning II-yarmiga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘rganishga doir Temur saltanati uning davlati tizimi, boshqarilishi, sud tuzilishiga oid juda muhim qoidalar va ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan tarixiy huquqiy manbadir. Tuzilishi jihatidan “Temur Tuzuklari” ma’muriy-harbiy kodeksdir. Tuzuklar ikki qismdan iborat bo‘lib,: birinchi qismi – birinchi maqola Sohibqiron Temurning 7 yoshidan to uning so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti, siyosiy faoliyati haqida aniqrog‘i Amir Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatini qo‘lga kiritish va uning keyingi yurishlari asosida Temuriylar saltanatiga asos solinishi haqida hikoya qilinadi.
Birinchi maqolada 31 tadan 13 ta kengash birma bir sanab ko‘rsatiladi.
Ikkinchi qism esa, Sohibqiron Temur nomidan shahzodalarga qaratilgan vasiyatlari, pand nasihatlaridir. Unda jahongir o‘z vorislariga qarata davlatni idora qilish san’atining nozik sirlari, tamoyillari haqida yozilgan. Amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy joyiga qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularni xizmat-larini taqdirlash, sipohiylar va ularning maoshlari kabi masalalari xususida vasiyat qilinadi. “Temur Tuzuklari” 1783 yil Angliyada, 1785 yil va 1981 yil hindistonda, 1868 yil Eronda bosmadan chiqadi. 1787 yil frantsuz, 1830 yil ingliz, 1845 yil urdu, 1894 yil, 1934 yil rus, 1835 yil, 1857 yil turk (eski o‘zbek) tilida, o‘z ona yurtida esa 1991 yil nashr qilingan.
Amir Temurning taxt vorislariga vasiyat va pand nasixatlari .Amir Temur toju-taxtlari vorislariga vasiyat va pand-nasixat-lar qilar ekan, jumladan shunday deydi: “Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma’lum bo‘lsinki, tagri taolo darxogida umidim shulki, ko‘plab farzandlarim, avlodim saltanat taxtiga o‘tirib, mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka (dastur ul-amal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodlarimdan bo‘lganlarining har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashoqatlar, ko‘p harbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan tagrining inoyati va xazrat Muhammadning va salomlari bo‘lsin, tole’i bilan millatning sharofati, on xazrating ulug‘vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali qo‘lga kiritgan davlat va saltanatni saqlaganlar”.
Temur o‘z fikrini davom ettirib yana shunday degan: “Vorislarim bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan ozod bo‘lgan. Endi mening nomdor bahtiyor farzandlarim, mamlakatlarni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo‘l yo‘rig‘im shulki, men o‘n ikki narsani o‘zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o‘n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Davlatu saltanatimni va o‘zlarini ehtiyot qilsinlar”. Amir Temur o‘z hayot tajribasida ko‘rgan-kechirganlaridan kelib chiqib, o‘zi doimo amal qilib kelgan o‘n ikki asosiy qonun-qoidani bayon qiladi.
A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko‘z olaytirmas-ligiga alohida e’tibor qilib, o‘z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar tekshirib ko‘rilsin», - deb yozib qoldirgan edi.
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko‘rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo‘lishlarini talab etdi. Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri. 2. Sipox vaziri. 3. Egasiz qolgan mulk vaziri. 4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay’atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o‘lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o‘rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in’om ma’nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan.
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan. Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda «Devon» deb ataluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o‘rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat’iy tartib – qoida o‘rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.
Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g‘oyat jiddiy qarar va ularni 4ta sifatga ega bo‘lishlariga ahamiyat berar edi. Bular: 1. aql-farosat-lilik; 2. toza nasllik; 3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik; 4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur o‘z imperiyasiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko‘ra qo‘yidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan: 1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi; 2) Nozik aql va ziyraklik; 3) Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinga murojaat qila bilish; 4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.
Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rinni eg‘alladi. Sohibqiron tuzgan imperiyaning ma’muriy-xududiy bo‘linishi asosan tumanlardan iborat bo‘lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash zarur edi. Shu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100 kishini o‘nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi. Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib tayinlanganlar.

Download 56.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling