Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti MIG’ BU-20guruh 3-bosqich talabasi Abdulhamidova Dilnavoz Ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil etish Reja: - 1. Manaviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o'qitishning zaruriyati.
- 2. Fanni o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari.
- 3. Respublikamizdagi ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar.
Ma’naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o'qitishning zaruriyati. - Hozirgi darvda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga yetishiga huquqlarini himoya qilishga e'tiborni qaratish davlat siyosatining ustivoryo'nlishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim”. Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta'minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma'naiy tarbiyaning yoshlarga ta'siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning, ahamiyati, ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo'llarini o'rganishdan iboratdir.
- Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari va allomalari asoslari, xalq o'zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, Sharq va G'arbning o'rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, Prezidentimiz asarlarida yoritilgan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi. Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch asarida kitobxonning e'tibori takror takror eng dolzarb masalaga, ya'ni yosh avlod tarbiyasiga, o'g'il qizlarimizning sof va beg'ubor qalbini turli ma'naviy taxdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko'p ishlatilgan tushunchalarni yoshlar, tarbiya, ma'naviyat, milliy g'oya , fazilat, taxdid so'z va iboralar tashkil etadi. Hozirgi globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo'lgani yo'q. Ma'naviyatli insoniyat o'tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi.
- Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to'la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma'noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo'la olmasligini anglatadi. Сhunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo'lmay, qaram bo'lmay yashashini, o'zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo'ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o'rnatilishi mamlakatlar o'rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo'yadi hamda mutelik, o'zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta'zim-tavozega yo'l qo'ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo'ravonliklarni inkor etadi.
- Garchi butun dunyo mamlakatlari o'rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta'sirini, davlatlar mustaqilligini yemirish istagini ilg'ash qiyin emas. Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o'rni va ahamiyati o'zgarmaydi, deb ta'kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o'rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o'z suverenitetining bir qismini beradi2, degan farazlarni ilgari surmoqda.
- Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e'tirof etilganidek, «O'zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo'ravonlik o'tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz».Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg'a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma'naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko'hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o'rniga jahonda yetakchilik qilishning noan'anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo'lmoqda.
- Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e'tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko'plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g'oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi. Mustaqilligimizdan keyin ma'naviyma'rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma'naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko'rsatish hamda yosh avlodning milliy g'ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o'rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.
- Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining oldiga qo'yilgan vazifalar qo'yidagilardan iborat: Ma'naviy ma'rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish; Uzluksiz ta'lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta'sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo'lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko'rsatish; Ma'naviy ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligini ochib berish; Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning qabul qilinishi bilan ma'naviy ma'rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko'rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish; Ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish; Ma'naviy ma'rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo'nalishlarini tahlil etish; Talaba yoshlarni ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish.
- Ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma'naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko'payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo'lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ'ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.Shuning uchun ham ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari qanday dastur va yo'nalish, qaysi ko'rsatma va qo'llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g'oyat muhim masala bo'lib turibdi.Ushbu qo'llanma ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
- Mustaqillik biz uchun jamiyat taraqqiyotining butunlay yangi davrini boshlab berdi. U O'zbekistonimizni, o'zbek millatini jahonga tanitdi. Milliy manfaatlarimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, demokratik mezonlarga tamomila muvofiq yangi jamiyat qurishga kirishdik.Milliy davlatchilik poydevori, uning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat islohotlarining bosh tashabbuskori, ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Konstitutsiyamiz davlatni qonuniyhuquqiy takomillashtirishning demokratik asosi bo'lib xizmat qilmoqda.Istiqlol tufayli odamlar ongi, dunyoqarashida yangilanish boshlandi. Tarixiy milliy qadriyatlar, urfodatlarning tiklanishi xalqning milliy ruhiga kuchli ta'sir etdi. Ona tilimiz va dinimizga bo'lgan yangicha munosabat, vatanga va istiqlol g'oyalariga sadoqat milliy g'urur, iftixor tuyg'ularining o'sishida katta rol' o'ynaydi. Vatan tushunchasi, vatanparvarlik tuyg'usi yangicha ma'no kasb etdi. Milliy an'analar, bayramlar, Ro'za va Qurbon hayitlari xalqimiz qadri, izzatxurmati, g'ururining oshishiga olib keldi.
- Tarixiy milliy qadriyatlarimiz bilan yangidan tanishuv, ularni tiklash va boyitish har birimizda milliy o'zligimizni, tarixiy merosimizga e'tiqod va faxrlanish tuyg'ularini mustahkamladi. Biz ko'proq boy tariximiz, qadriyatlarimiz, an'analarimizni o'rgana boshladik. Odamlardagi boqimandalik, loqaydlik, mutelik ruhiyati o'rnini tadbirkorlik, ishbilarmonlik, fidoyilik egallay boshladi. Ularda Vatan oldidagi, elyurt oldidigai o'z burchini e'zozlash tuyg'usi ancha kuchaydi.Bozor munosabatlari, turli mulk shakllari mulkka munosabatimizni, mehnatimiz xarakterini o'zgartirib yubordi.Albatta, har qanday mamlakatda o'tish davri osonlikcha kechmaydi. U bir necha o'n yilliklarga cho'ziladi. Juda ko'p mamlakatlarda shunday ham bo'ladi. Ammo O'zbekistonimizning iqtisodiyijtimoiy rivojlanish sur'ati ishga tushirilayotgan ulkan inshootlar bozor iqtisodi qonunlariga to'la amal qilinsa o'tish davri nisbatan qisqa vaqt bilan chegaralanishini ko'rsatib turibdi. Mashinasozlik, neft' mahsulotlari, yengil sanoat, oziqovqat, mahalliy qayta ishlash sanoatlari, qurilish, paxtachilik, g'alla, qimmatbaho materiallar ishlab chiqarish sohalarida jiddiy yuksalish ko'zga tashlanayapti. Aholini ijtimoiy himoyalash, turmush sharoitini yaxshilash, ma'naviyat va mafkura sohalarida ham muhim o'zgarishlar yuz bermoqda.
- Mamlakat hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratishdir. Bu insonparvar jamiyatimizning mazmuni va maqsadidan kelib chiqadi. Bunga imkon darajada harakat qilinmoqda.Milliy mustaqillikka erishgandan so'ng yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida odamlar taqdiri, ularning turmush farovonligi, ertangi kuni, baxtsaodati turganligining yorqin dalilidir. Biz tamomila yangi, adolatli jamiyat barpo etishga kirishayapmiz.Taraqqiyot yo'limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko'pdanko'p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko'rsatmalarning pirovard natijasi ham Inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz xarakteri bilan bevosita bog'liq. Davlatimizning ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar yo'lidan qat'iy borayotganligi bevosita odamlar manfaatini ko'zlashning yorqin dalilidir. Bu izchil siyosatdir.Demak, har bir xattiharakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari, vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi.
- Sho'ro davrida marksizm leninizm ta'limoti shaxsni o'zgartirish uchun jamiyatni o'zgartirish kerak, deb ta'lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o'zgartirish, ularning baxtli hayotini ta'minlash uchun insonning o'zini o'zgartirish kerak, deb ta'kidlaydi. Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. Yaponiya, Kanada, AQSh, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo'lmasada insonning to'laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi.Jamiyat uning a'zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o'z xulqining ham, jamiyat ma'naviyatining ham ijodkori, o'zining va zamondoshlarining ma'naviy sifatlari uchun javobgar.Ma'naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o'zigagina emas, balki o'zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta'sir ko'rsatar ekan, uni shakllantirishni o'z xoliga tashlab qo'yib bo'lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma'naviy fazilatlar ham bo'ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog'i lozim.Ma'naviyat insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
- Odatda inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o'tishi, e'zozlanishi bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o'z navbatida inson aqli, tafakkuri, xarakteri, tuyg'uhissini shakllantiradi. Shu asno ma'naviyatning jamiyatdagi yetakchi g'oyalarga ham bog'liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy demokratik davlat yaratish davrning yetakchi g'oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish uchun komil avlodni ma'naviy yetuk, ahloqiy yuksak, ruhan va jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Shu bilan birga, komil inson komil jamiyatda voyaga yetishi ham ma'lum. Mashhur donishmandimiz Abu Nasr Forobiy Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, yolg'iz o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi deb yozadi. Binobarin, jamiyat insonga inson sifatida shakllanishi uchungina emas, hatto oddiygina turmush kechirishi uchun ham kerak. Jamiyatning inson shaxsi, taqdiri, yashash tarziga ta'siri, avvalo, uning axloqiy huquqiy normalari bilan belgilanadi.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risidagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi Respublika ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi 1996 yil 9 sentyabrdagi Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi Farmoni Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi qoshida Oltin meros xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llabquvvatlash to'g'risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir.Yuqoridagi Farmonda Joylarda ma'naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi himmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma'naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi ta'kidlandi. Shuningdek ushbu Farmonda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi deb hisoblandi. Xalqning ma'naviyati va madaniyati degan edi Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir.Jamiyatimiz fuqarolarini ma'naviy jihatdan kamol toptirish uchun ikki muhim narsani o'zaro uyg'un holda qo'shib olib borish lozim. Biri boy ma'naviy va madaniy merosimizni chuqur va har tomonlama o'rganishimiz, chor Rossiyasi mustabidligi hamda sho'rolar istibdodi davrida unutilishga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tiklashimiz, zamonamizga muvofiqlaridan, davrimizda bizga foyda beradiganlaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Ikkinchisi esa, butun insoniyat, xususan taraqqiy topgan mamlakatlarda yuzaga kelgan ma'naviy va madaniy yutuqlardan milliy xususiyatlarimiz va ruhiyatimizga muvofiq keladiganlarini ijodiy o'zlashtirishimiz lozim. Bu ikki xususiyatni o'zaro payvand qilish orqasida respublikamiz fuqarolarini ma'naviy jihatdan kamolga yetkazishning zamini bunyod etiladi.
- Respublikamizda bu borada talaygina ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Olaylik, ko'p asrlik ma'naviy va madaniy merosimizni. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgan kunlardan boshlab boy ma'naviy va madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglatish va bu bilan faxrlanish yo'lida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug' ajdodlarimiz, ular yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos katta hissa bo'lib qo'shilgan asarlarini teranroq o'rganishga imkoniyat yuzaga yuzaga keldi. Yurtdoshlarimiz Imom at Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg'inoniy, Ahmad Farg'oniy, Ho'ja Ahrori Valiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o'rganilib, ularning o'lmas asarlari xalqimiz ma'naviy xazinasiga qaytarildi. Zotan, bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat singari umuminsoniy qadriyatlarni singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulik yo'lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo'shdilar. Xususan, ismoil alBuxoriyning to'rt jilddan iborat Hadis ining tarjima qilinib, nashr etilishi ma'naviy hayotimizda muhim voqea bo'ldi.
- Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 560 yil to'lganligining keng nishonlangani va bu paytga qadar sho'ro mafkurasiga mos kelmaydi, degan aqida bilan xalqimiz nazaridan pinhon saqlanib kelingan Arba'in, Siroj ulmuslimin kabi asarlarining ham nashr qilinishi ulug' shoir ijodini to'laroq tasavvur etishga yordam berdi.
- Har bir millatning ma'naviyati o'z holicha, alohida bo'lib emas, balki jahon madaniyati ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi va rivojlanadi, degan g'oya Prezidentimiz asarlarida muhim o'rinni egallaydi. Ularda juda o'rinli ta'kidlanishicha, umuminsoniy ma'naviyatdan ajralgan holda rivojlanadigan milliy madaniyatni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli davrlarda, tarixiy sharoitlarda, mamlakatlarda shakllangan ma'naviyat umuminsoniy ma'naviyatning birbiri bilan bog'lanib ketgan tarkibiy qismlaridir. Ana shu bog'liqlik va o'zaro aloqadorlik milliy madaniyatlar va umuminsoniy ma'naviyatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo'llaridan bo'lib hisoblanadi.
- Ma'naviyat juda chuqur va keng ma'noga ega. Ma'naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aqlidrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahmshafqat, mehroqibat, iymone'tiqod, meo'natsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e'ozlash, ilm va fanni, adabiyot, san'at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o'zi va o'zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urfodatlari va an'alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat inson hayotini bezaydi, go'zallashtiradi.
- Jamiyat taraqqiyoti ana shu ikki tomonning o'zaro birligi va aloqadorligi asosida amalga oshadi. Agar jamiyatda iqtisodiyot ravnaq topgan, mo'lko'lchilik ta'minlangan bo'lmasa, ma'naviyat o'zo'zidan pasayib ketadi. O'z navbatida ma'naviyat barqaror bo'lmagan joyda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish madaniyati ham yuksak bo'lmaydi. Mamlakatimiz fuqarolari oldida turgan o'tish davriga xos islohotlarda ana shu jihatlar ko'zda tutilgan. Ishlab chiqarishni, umuman xalq xo'jaligini taraqqiy ettirish bilan bir qatorda xalqning umummadaniyatini yuksaltirishga oid qator tadbirlarning amalga oshirilayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, ulug' ajdodlarimizning tavallud topgan sanalari munosabati bilan ularning yubileylarini munosib nishonlash, shu asnoda asarlarini nashr etish, Sharq taronalari xalqaro festivalining doimiylik tusiga kirishi, maqom ijrosiga bag'ishlangan xalqaro tanlovning o'tkazilib turishi, Jahon adabiyoti jurnalining yuzaga kelgani, Xorazmda Ma'mun akademiyasining tiklanishi va boshqa qator tadbirlar ana shu maqsadga qaratilgandir. Respublikamiz fuqarolarining ma'naviy barkamol bo'lib borishi ularning har jihatdan madaniyati yuksalib borishiga ham muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
- Ma'naviyati yuksak, odobaxloqli, ma'rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmatmuruvvat ko'rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko'mak berish va to'g'ri yo'l ko'rsatishni o'zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo'lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo'ladi, hojatini chiqaradi, yetimesirlarni parvarish qiladi. Ma'naviyatli, ma'rifatli kishilarda milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'usi, oriyat kuchli bo'ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo'lgan kishilar o'z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o'zi uchun shonsharaf deb biladi. Vataniga xavf tug'ilsa, uning ximoyasi yo'lida moldunyosini, jonu jahonni ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko'rsatadi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |