Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti


Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishda milliy g`oya va ma`naviy merosdan foydalanish


Download 134.51 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi134.51 Kb.
#1608875
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ayyubxon Metodika (0)

2.2. Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishda milliy g`oya va ma`naviy merosdan foydalanish
Ko`p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo`shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o`rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma`naviy muhitni ta`minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So`nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o`rganish va targ`ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro`y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma`rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Xalqimizga azal-azaldan xos bo`lgan ma`rifatparvarlik, bag`rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ`ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlashda diniy-ma`rifiy soha vakillarining o`rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma`naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2022-yilda Yangi yil munosabati bilan O`zbekiston xalqiga yo`llagan tabrigi “Inson qadrini ulug`lash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta`minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo`lgan mahalla hal qiluvchi o`rin tutadi”, deb ta`kidlaganlar. Inson va jamiyatning mavjudligini ta`minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o`tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma`nolarda ishlatiladi. Keng ma`noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma`rifiy hayotda faol ishtirokini ta`minlashga qaratilgan barcha ma`naviy ta`sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig`indisini anglatadi. Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g`oyalari, adabiyot, san`at, kino, radio, televizor, ommaviy axborot vositalari va boshqalarni ham o`z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma`nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta`lim va ma`lumot olish ham kiradi. Tor ma`noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma`naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o`stirilishiga yo`naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar. Bizga ma`lumki, har qanday tarbiya ta`lim bilan chambarchas bog`liq holdagina mavjud bo`ladi. Chunki, ta`lim va ma`lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko`payibgina qolmay, balki ma`naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u ma`rifat, ta`lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta`kidlagani kabi, “Ta`lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya`ni, xalq ma`naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o`ylanmagan ishlarga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Maktab, ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.24 Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan chuqur ma`noli so`zlarini eslayman. Buyuk ma`rifatparvar bobomizning bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”. Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani amalga oshiradigan o`quv muassasalari va umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda, uning uzviy va mantiqiy davomi bo`lmish 2004-2009-yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo`lgan o`n mingga yaqin umumta`lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta`lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o`qituvchilarning mehnatini moddiy va ma`naviy rag`batlantirish bo`yicha katta ishlar qilinmoqda. So`nggi yillarda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko`lami va mohiyatiga ko`ra ulkan ishlarimiz biz ko`zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo`lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo`lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo`lmaydi. Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi tarbiyachilar o`z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan bog`lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin. Demak, oilada inson tarbiyasi, uning hayotda o`z o`rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o`rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo`lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o`rgatishdan iborat. Tarbiyaning umumiy yo`nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy tamoyillar asosida olib borilishi o`ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni yangi shakl va metodlar bilan bog`lab qo`llasalar, farzandlar qalbi, psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang bog`lab borsalar, ayni muddao bo`ladi. O`zbek xalqi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid ulkan ma`naviy merosini yaratib, insoniyatning ko`plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo`lgan “Pandnoma”lar, xalq og`zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo`lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug`bek, Sa`diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o`nlab buyuk shoir va mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko`p e`tibor berilayapti. Bu mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e`tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo`lmasligini aytib o`tadilar. Buyuk mutafakkirlar o`zlarining ijodlarida o`quvchi-yoshlarni odobli bo`lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo`lishga, halol mehnat bilan yashashga da`vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o`zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo`lib qolishi, inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta`kidlaydi. Al-Farobiy fikricha: “Insonning va jamiyatning g`alabaga erishuvi, yaxshilikni qo`lga kiritishi, axloqiy va aqliy yo`nalishga erishuvi inson va jamoaning o`z qo`lidadir. Tabiiy boshlang`ich tarbiya ta`siri ostida kamol topib, insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki u inson bo`lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so`zlash qobiliyati va kasb-hunarga muhtojdir25. Milliy maktablarimizda ta`lim-tarbiya olayotgan o`quvchilarni yuqorida ko`rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiy-madaniy merosimizni keng va har tomonlama o`rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o`tish jarayonida maktab o`quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim. Jamiyatda yoshlar tarbiyasi muammolari har doim kunning birinchi darajali mavzularidan biri bo`lib kelgan. Ayni paytda, dunyoda globallashuv jarayoni tezlashmoqda. Dunyo xalqlari, davlatlar o`rtasida o`zaro aloqalar kuchaymoqda. O`zbekiston ham undan chetda turgani yo`q. Turli xalqlarga xos bo`lgan qadriyatlar O`zbekiston yoshlari hayotiga ham ta`sir ko`rsatmoqda. Bunday muhit xalqaro axborot tizimi, internet, ommaviy axborot vositalari, reklama, turli xil kino ko`rsatuvlari bilan bog`liq asarlar yoshlar ma`naviy hayotiga ta`sir ko`rsatishi, turli xil qadriyatlarning kirib kelishiga sharoit hozirlaydi. Uning qaysi jihatlaridan foydalanish yoki foydalanmaslikni yoshlar yaxshi bilishlari lozim. Qadriyatlarni bir-biridan farqlash, milliy qadriyatlarni yo`qotmagan holda munosabatda bo`lishlari muhimdir. Ijtimoiy hayotda, ayrim yoshlarning xatti-harakatlarida milliy qadriyatlarimizga mutlaqo to`g`ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Ayrim yoshlarning diniy ekstremizm, aqidaparastlik g`oyalarining tarafdori bo`lib sodir etgan qilmishlari bilan milliy qadriyatlarimiz o`rtasida o`zaro to`g`ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Aksariyat yoshlarimiz esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o`zlarining to`g`ri munosabatlarini shakllantirgan. Bugun jahon axborot maydonida yoshlarni milliy qadriyatlarga qarshi tarbiyalashga urinish kuchaymoqda. Bunday harakatlar yoshlarni o`z xalqi, vatani va milliy qadriyatlarga nibatan bepisand ruhda tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, ularda ko`proq g`arbona qadriyatlarga moyillikni uyg`otishga bo`lgan yashirin maqsadlar mujassam bo`ladi.
Yoshlar dunyoqarashida milliy-ma`naviy qadriyatlarni mustahkamlashdan ko`zlangan maqsad ularni faqat o`z qadriyatlariga tayanib yashashga o`rgatish emas, balki shu umumbashariy qadriyatlarni ham o`zlashtirib, mamlakatning o`ziga hos taraqqiyoti unga bog`liqligini hisobga olib yashashga, ishlashga da`vat etishdir.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oila g`oyaviy tarbiyasining manbalari muayyan xalqning asrlar davomida to`plagan milliy-madaniy qadriyatlariga mansub bo`lib, tarixiy ildizlari juda keng. Oila tarbiyasining ilmiy-nazariy va metodologik asoslari esa, mustaqillik davri falsafiy tafakkurining mahsuli sifatida maydonga kelgan milliy istiqlol g`oyasi hamda milliy va umuminsoniy madaniyat tamoyillarining uyg`unligida aks etadi. Ikkinchidan, milliy qadriyatlarga, axloqqa asoslangan o`zbek oilalarida o`z shaxsiy farovonligidan ko`ra oila sha`nining baland tutilishi, qarindosh-urug`lari va yaqin odamlariga, qo`ni-qo`shnilariga g`amxo`rlik qilishning birinchi o`ringa qo`yilishi – oliy darajadagi maqsad bo`lib, oilani tashqi muhit bilan bog`lashga va mustahkamligining ta`minlanishiga xizmat qiladi. Uchinchidan, oilaning har bir a`zosiga xos axloqiy madaniyat, har bir insonni o`z burchi va mas`uliyatini anglashga undashi, oilaviy muhitda o`z o`rnini belgilay olishi, o`z oilaviy munosabatlarini hurmat qila bilishga erishishiga olib keladi. To`rtinchidan, milliy madaniy meros namunalari bo`lgan xalq og`zaki ijodi, xalq pedagogikasi, adabiyot, san`at, ilm fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari asosida oilaviy ta`lim-tarbiyani olib borish oilada sog`lom ma`naviy-axloqiy muhitni qaror toptirishga olib keladi. Mazkur kurs ishining natijalari shundan iborat: oila va mahalla tarbiyasi va g`oyaviy ta`siri jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida inson omilini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri bo`lib qoladi, chunki inson demokratik qadriyatlarga amal qilgan, oila tarbiyasidan oqilona saboq olgan taqdirdagina, uning yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi; ikkinchidan, oila tarbiyasi, eng avvalo, umummilliy madaniyatning ajralmas bir qismi bo`lib, dunyoqarashi, ma`naviy-ruhiy qiyofasi, ezgulik va yaxshilik haqidagi qarashlarini o`zida mujassam etgan madaniyat, ma`naviyat, axloq, ma`rifat kabi tushunchalar tarkibiga kiradi, shuningdek, ular oila tarbiyasining asosi, negizidir; uchinchidan, “oila tarbiyasi” – bu umumiy ijtimoiy tarbiya jarayonining shunday bosqichiki, u insonning keyinchalik butun hayoti davomida oladigan umr saboqlari uchun asos, poydevor vazifasini o`taydi; to`rtinchidan, “oila tarbiyasi”, ”oila dunyosi” atamalari serqirra tushunchalar bo`lib, ular orqali oilaning o`ziga xos, betakror ma`naviy muhitligi hamda o`z qonuniyatlariga ega bo`lgan tarbiya o`chog`i ekani ta`kidlanadi. Oila tarbiyasi har qancha o`ziga xos, betakror bo`lmasin, u, asosan, yagona manbadan oziqlanib, o`sib-o`zgarib, boyib boradi. Bu manba milliy-madaniy merosdir. Avval aytib o`tilganidek, oila tarbiyasi milliy madaniy merosning uzviy bir qismi bo`lib, unda shu millat asrlar davomida to`plab qo`lga kiritgan barcha madaniy boyliklar mujassamlashgan bo`ladi. Tabiiyki, oila jamiyatdan ajragan holda bo`lolmaydi. Har qanday oila jamiyat tarkibida, jamiyat ichida yashaydi. Shunga ko`ra, oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, ma`naviy-ma`rifiy munosabatlar bilan belgilanadi hamda ular ta`sirida o`sib o`zgarib, takomillashib boraveradi. Mustahkam maʼnaviy immunitetli, oʻzining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori yutuqlarga erishadigan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila va mahalla muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda oʻzining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, iymon-eʼtiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas yurtimizni yot va begona taʼsirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir boʻladi. Shuningdek, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va bunda mahallaning ishtiroki ham muhim. Chunki, uning o`sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma`naviy boyliklar ishlab chiqarish to`xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o`z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko`tarilmog`i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan to`g`ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko`rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta`minlashi borasida o`zining mas`ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g`oyaga, milliy g`ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan omillarning har biri – katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma`naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o`tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o`tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g`ururlanish tuyg`ulari singdiriladi. Umuman olganda, yoshlarimizning madaniy qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o`zaro uzviy munosabati natijasida shakllanadi. Ma`naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o`z aqli, o`z tafakkuri, o`z mehnati, o`z mas`uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo`lib yashaydi.


Download 134.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling