Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti
Oila va mahalla g`oyaviy tarbiya maskani
Download 134.51 Kb.
|
Ayyubxon Metodika (0)
Oila va mahalla g`oyaviy tarbiya maskani
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog`liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag`rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo`lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tayanchidir. Sharq xalqlari, chunonchi, o`zbek xalqi xuddi shu narsani biladi, teran ma`no-mazmunini yaxshi tushunadi. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham, boshiga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo`lishdir.16 Insonlar o`rtasidagi bunday birlik va hamjihatlikning muhim vositasi - mahalladir. Mahalla haqida gap ketganda, I.A.Karimovning bergan bahosi diqqatga sazovordir. “Ma`lumki, asrlar moboynida mahallalarda ko`pdan-ko`p hayotiy muammolar o`z yechimini topib keladi. To`y-ma`rakalar ham, hayit-u hasharlar ham mahalla ahlisiz o`tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo`lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Shuningdek, hayotning o`zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo`llab-quwatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko`p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta`sirchan kuch bo`lib xizmat qilishi lozim”.17 Darhaqiqat, mahalla o`zbeklaming tarixan shakllangan yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko`rsatadigan makoni hisoblanadi. U o`zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o`ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an`analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma`naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo`lib kelgan. Mahalla insonlaming millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili e`tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, ularni ezgulik yo`lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Bu oila insonlaming bir-biriga bo`lgan o`zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do`stligi asosida yashaydi, faoliyat ko`rsatadi. Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mamlakatdir, katta davlat ichra kichik davlatdir. Shuning uchun uni boshqaruv tizimi bo`lgani kabi, uning o`ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma`rifiy faoliyat mexanizmi ham asrlar davomida shakllangan. Mahallada ommaviy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, sport, tashkiliy tadbirlar o`tkaziladi. Mahalla - ma`naviy-axloqiy qadriyatlar, an`analar maskani, chunki qadimdan bayramlar, hayit kunlari, to`y-tantanalarda qo`ni-qo`shnilar, bemorlar, yolg`iz keksalarni sovg`a-salomlar bilan yo`qlash an`ana tusiga aylanib qolgan. Hashar yo`li bilan qarindosh-urug`larga, qo`ni-qo`shnilarga uy-joy binolari qurish, yetishtirgan dehqonchilik mahsulotlarini yig`ib-terib olish va ulardan qo`ni-qo`shnilarga, ulashish, ko`chalar, hovlilar, mahalla hududini, qabristonlar va atrof-muhitni obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish va toza-ozoda saqlash, sport maydonchalari tashkil etish, yo`llar, ko`priklar qurish va ta`mirlash, madaniy yodgorliklami avaylab-asrash mahallada yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Mahallada o`tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining katta-yu, kichigi birday mas`ul. Bunday tadbirlarda katta-yu kichikka, hurmat va ehtirom ko`rsatiladi. Chunki, mahallaning barcha a`zosi yagona, mustahkam bitta oila hisoblanadi. Mahalla yoshlami kasb-hunarga yo`llovchi, ishsizlami ish bilan ta`minlovchi muhim makondir. Mahalla - tarbiya o`chog`i. Mahallada o`sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas`uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo`shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo`lmagan.18 Yoshlaming har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo`ladi. Mahalladoshlaming har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro`sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog`dir. Mahallaning tartib-qoidasi, qadriyatlariga barchaning amal qilishi shartdir. Kimda-kim bularga rioya etmasa, hurmat qilmasa u mahalladagi o`tadigan tadbirlardan, to`y-ma`rakalardan chetlatiladi, taklif etilmaydi. Agarda kibr-u havo bilan qo`ni-qo`shni, mahalla ahli an`analarini oyoq osti qilsa yoki bepisandlik bilan munosabatda bo`lsa, amaldagi qonunlarga xilof ish tutsa, u mahalladan chiqarib yuboriladi. Bu esa mahalla qonunida eng oliy jazodir. Bu jazo ota-onaning noqobil farzandni “oq qilish” bilan tengdir. Mahalla erkin fikrlilik asosida rivojlanadi. Shuningdek, to`y-marosimlarda yoshlami el xizmatiga jalb etish: mehmonlarga choy tashish, ovqat eltish, ovqat tanavvul qilib bo`lgandan so`ng, idish-tovoqlami olishga o`rgatish nihoyatda muhimdir. Shu ishlarni bajarish davomida yoshlar nimaga e`tibor berish, qanday muomala-munosabatda bo`lish kerakligini o`rgatish muhimdir. Bu har bir ota-onaning, qolaversa, mahalla oqsoqollarining murabbiylik burchidir. Bunday mahallada tarbiyalanayotgan yoshlar, birinchidan, mehnatsevarlik odobini, ikkichidan, xushmuomalalik odobini, uchinchidan, jamoaga hurmat odobini egallaydilar. Shunday qilib, mahalla Sharq xalqlari uchun muhim qadriyat bo`lib, uning sha`ni, gullab-yashnashi, taraqqiyoti uchun butun kuch va imkoniyatni safarbar etish barchaning kelajak avlod, millat oldidagi burchi va vazifasidir. Biz uchun oilamiz ko`z ochib ko`rgan dargoh bo`lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo`jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag`rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko`z oldida barpo bo`ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir. Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo`lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o`lmas xususiyati. Zero, o`zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do`st-birodar bo`lib ketadi. Odamlar o`zaro quvonch va g`amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas`ul, yutuqlar ham kamchiliklar ham mahalla ahliga baravar bo`lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan. Darhaqiqat, mahalla o`zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko`rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o`ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an`analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma`naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog`-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo`lib kelyapti. Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat`iy nazar, ularni ezgulik yo`lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o`zbek mahallasi barchaning bir-biriga o`zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do`stligi asosida yashaydi, faoliyat ko`rsatadi. Oila — mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila — jamiyat negizi bo`lib, ko`p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo`lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o`giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog`lom muhit — sog`lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o`zaro hurmat va ahilligini ta`minlash — milliy mafkurada ko`zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo`ladi. O`zini o`zi boshqarishning milliy modeli bo`lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an`analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida kishilar ongiga ezgulik g`oyalari singdirib boriladi. Mahalla — avvalo, sog`lom ijtimoiy muhit maskanidir. Bu yerda kuchli ta`sirga ega bo`lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o`zaro munosabatlarini adolat va ma`naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma`noda mahallani demokratiya darsxonasi, deb ham atash mumkin. Mahallada keng jamoatchilik o`rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo`lga qo`yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha`ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o`rni beqiyos.19 Oila va mahallaning g`oyaviy ta`sir ko`rsatish va g`oyaviy tarbiyani amalga oshirish maskani ekanligiga yana bir dalil shuki, bu to`g`risida xalqimizda juda ko`plab maqollar mavjud. Bugungi kunda hayotda ko`plab muammolarga duch kelamiz. Bulardan eng avvali bu - inson xarakteridir. Inson xarakteri albatta bu oiladan boshlanadi. Oila – bu juda nozik muassasa. Bu farzand dunyoga kelganidan, ota-onaning bir-biriga bo`lgan munosabatidan boshlanadi. Ota-onaning bosayotgan har bir qadami bolaning ongiga o`rnashib qoladi. Ba`zi otalar farzandlari sigareta chekishiga o`rganib qolganidan shikoyat qilishadi. Ba`zida ota-onalar farzandlari ularni hurmat qilmayotganidan shikoyat qilishadi. Axir, har bir bola ota onasidan, aka-opasidan o`rnak oladi. Bir so`z bilan aytganda oiladagi muhit unga ta`sir qiladi. Oilada tanqid, yolg`on, g`azab, masxara, janjal, notinchlikni ko`rib o`sgan farzand- yolg`on gapirishni, janjallashishni, g`azablanishni va boshqalarga ozor berishni o`rganadilar. Ota bobolarimiz ham “Qush uyasida ko`rganini qiladi” deb bejiz aytishmagan. Shu bois, bizning oiladagi rolimiz juda ham muhimdir. Qiz bola ham ayollik jozibasi nima ekanligini, dunyoga kelganidan boshlab onadan o`rganadi. Ona uydagi ayollik rolini chiroyli kiyinib, nazokat bilan amalga oshirishi, turmush o`rtog`i va farzandlariga qilayotgan muomalasi bilan o`z qiziga o`rnak bo`ladi. Ana o`shanda qiz voyaga etib, oila qurganda o`z vazifasini chiroyli bajaradi. Oilada dalda, maqtov, ishonch, halollik, mehr va xavfsizlikni ko`rib o`sgan farzarzand sabr qilishni, o`zini va boshqalarni hurmat qilishni, o`ziga bo`lgan ishonchni va boshqalarni yaxshi ko`rib ularni hurmat qilishni o`rganadi. Oilaviy muammolarda ko`p hollarda “qars ikki qo`ldan chiqadi”. Oila mustahkam qo`rg`onga aylanishi uchun oilada ikki taraf ham bir yoqadan bosh chiqarishi yaxshiroqdir. Er-xotinning do`stona munosabati, ahilligi va mehr-oqibati farzandlarimizga ham o`tadi. Oila - jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida el-u yurtga, Vatanga muhabbat tuygʻulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod boʻlishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda oʻsib-unayotgan bolalarga bogʻliq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilar ekan, oʻsha oila, oʻsha mahalla gullab-yashnaydi. Koʻpchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tugʻilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shugʻullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va taʼlim-tarbiyaga eʼtibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning oʻzi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar koʻchada nopok ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo oʻtib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib toʻgʻri yoʻlga chaqirgan. Oiladagi muhit ota-ona oʻz maʼsuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʻladi. Bolalarning odobli boʻlib ulgʻayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-ko`y ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz. XXI asrda turli hayot tarzlari va gʻoyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat oʻzligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega boʻlishi lozim. Aks holda, oʻzlikni yoʻqotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yoʻq manqurtga aylantirib qoʻyadi. Hozirgi kunda gʻarazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar baʼzi millatlarning oʻzligini yoʻqotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda eʼtibor hududlarini egallash emas, balki, inson ongini egallashga yoʻnaltirilgan. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, axloqiy tarbiya berish sifati va koʻlamini oshirish talabini qoʻyadi. Ikkinchidan, yoshlarning qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga oʻz umri va salohiyatini bagʻishlagan allomalarimizning asarlarida sogʻlom avlod tarbiyasi bilan bogʻliq masalalarga alohida oʻrin berilgan. Yosh avlod yetuk va komil shaxs boʻlib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham boʻlsa “kitobxonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar, “E-book” tarzidagi kitob-kafe doʻkonlari va boshqalar yaqqol misolidir. Ota-ona farzandiga vaqtni unumli oʻtkazishni oʻrgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan usullardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Ota-ona bolada estetik tarbiya, goʻzal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni oʻzi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida goʻzallik latofatini singdirishi muhim.20 Download 134.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling