Namangan Davlat universiteti Yuridika Fa'kulteti Yurisprudensiya yo'nalishi kechki ta'lim shakli K. Yu. Du-20 guruh talabasi Abdumuhammadov Sardorbekning tayyorlagan taqdimoti


Download 374.26 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi374.26 Kb.
#1372806
Bog'liq
7-FUQAROLIK PROTSESSIDA UCHINCHI SHAXSLARNING ISHTIROKI

Namangan Davlat universiteti Yuridika Fa'kulteti Yurisprudensiya yo'nalishi kechki ta'lim shakli K.YU.DU-20 guruh talabasi Abdumuhammadov SardorbekNING TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.

FUQAROLIK PROTSESSIDA UCHINCHI SHAXSLARNING ISHTIROKI

Reja:

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va ularning turlari

  • Fuqarolik protsessida shunday shaxslar ham borki, ular boshqa shaxslar tom onidan boshlangan jarayonga kirib keladilar va fuqarolik-huquqiy nizolaming hal etilishidan taraflar kabi manfaatdor bo'ladilar. Da'vogar va javobgarga nisbatan ushbu shaxslar (hisob bo‘yicha) uchinchi shaxslar deb e’tirof etiladi va shuning uchun ham ushbu shaxslar fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar deb nomlanadi'.
  • FPKning 33-moddasiga muvofiq, uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibiga kiradi. Uchinchi shaxslar fuqarolik protsessida taraflarga tenglashtiriladi.
  • Uchinchi shaxslar boshqa shaxslar tomonidan boshlangan protsessga kirishib, ish yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarori ma'lum darajada ularning fuqarolik moddiy huquqlariga ta'siretib, ishning sudda hal etilishi natijasida ularga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlar vujudga keladigan shaxslar hisoblanadi.

Fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar ishning hal etilishidan qanday mazmunda manfaatdor ekanliklari hamda ish yuzasidan chiqariiadigan hal qiluv qarori bilan qanday oqibatlar yuzaga kelishiga qarab, quyidagi ikki turga ajratiladi:

Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar

  • Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslaming protsessda ishtiroki quyidagi hollarda yuz beradi:

Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar

  • Uchinchi shaxslarning navbatdagi turiga oid normalar FPK ning 45-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarori ulaming taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlariga ta'sir etadigan bo‘lsa, sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar da’vogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishlari mumkin. Shuningdek, ular taraflaming, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslaming iltimosnomasi bo'yicha yoki sudning tashabbusi bilan ishda ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, uchinchi shaxslarning mazkur turi, hirinchidan, shartli ravishda taraflarning biri (da'vogar yoki javobgar) tomonida turib ishtirok etadi. Jkkinchidan, ular o ‘rtasidagi huquqiy munosabat sud muhokamasining predmeti boMmaydi. Uchinchidan, ish bo'yicha chiqariladigan hal qiluv qarori uchinchi shaxslaming taraflardan biriga nisbatan boMgan huquq va majburiyatlariga ta'sir etadi.

Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslaming sherik da'vogarlardan farqi

  • Sherik da’vogarlar sudga birgalikda da'vo taqdim etishlari yoki boshqa da'vogar tom onidan boshlangan protsessga kirishishi mumkin. Uchinchi shaxs esa faqat boshlangan protsessga kirishadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxsning sherik da’vogarlardan muhim farqlanuvchi jihatlaridan biri ular manfaatining o'zaro qarama-qarshiligidadir.
  • Zero, uchinchi shaxsning ham, da'vogaming ham da'vo predmeti bir xilda bo‘ladi va sud ulaming yoki javobgarning manfaatlarini himoya qiluvchi hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxsning da'vosi bo‘yicha dastlabki da'vogar va javobgar ishda javobgaming holatini egallaydi.

Ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar ho‘yicha uchinchi shaxslarning sudda ishtirok etish xususiyatlari

  • Ish beruvchilarning hamda xodimlarning mehnatga oid huquqlarini, shuningdek, jamoatchilik manfaatini himoya qilish uchun sud boshqa shaxslaming iltimosisiz, o‘z tashabbusi bilan ishda ishtirok etish uchun korxonaning mansabdor shaxsini jalb qilish va uning zimmasiga xodimga majburiy bekor yurgan vaqti uchun ish haqi to'lashi munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan zarami qoplash majburiyatini yuklashi mumkin. FPKning 259-moddasida mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlami awalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o'tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun javobgar tomonidan jalb qilishi shartligi o‘z ifodasini topgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.


Download 374.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling