Наманган давлат универститети


Fakultet talabalarining kiyinish madaniyati va darslarga o’z vaqtida kelishini nazoratga olish, ijara xonadonlarida turuvchi fakultet talaba yoshlarini


Download 46.25 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi46.25 Kb.
#1516298
1   2   3
Bog'liq
oktabr oyi bayonomasi

Fakultet talabalarining kiyinish madaniyati va darslarga o’z vaqtida kelishini nazoratga olish, ijara xonadonlarida turuvchi fakultet talaba yoshlarini yashash sharoitlarini o’rganish
(dekan o‘rinbosari Sh.Rustamov)
So’zga chiqdi: Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan dekan o‘rinbosari Sh. rustamov Fakultet talabalarining kiyinish madaniyati va darslarga o’z vaqtida kelishini nazoratga olish, ijara xonadonlarida turuvchi fakultet talaba yoshlarini yashash sharoitlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Eshitildi: Assalomu alaykum hurmatli kengash a’zolari, hurmatli professor-o’qituvchilar. Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda yoshlarimizga juda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning bilim olishlari, o’z kasblarining yetuk mutaxassisi bo’lishlari uchun ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoni bilan birga, ularning odob-axloqi, yurish-turishiga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Shuni inobatga olgan holda, fakultet talabalarining kiyinish madaniyati va darslarga o’z vaqtida kelishini nazoratga olish, ijara xonadonlarida turuvchi fakultet talaba yoshlarini yashash sharoitlari bilan tanishib borishga jiddiy e’tibor qaratishingizni so’rayman.


Masala yuzasidan majlis qaror qiladi:

  1. Dekan o‘rinbosari Sh.Rustamovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. CHora-tadbirlarni amalga oshirish tyutorlar va guruh rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.



Yig’ilishda ko’rib chiqilgan masalalar va bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagicha
QAROR QILINDI:



  1. Fakultet dekani Z.Sultanovaning fakultetga kelib tushgan direktiv hujjatlar ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari O.To`raxanovning 2022-yilda fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv-uslubiy majmualar va ular asosida o’tilayotgan darslarning sifati to’g’risida so’zlagan nutqi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin, fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv-uslubiy majmualarning yaratilishi va sifatiga jiddiy e’tibor qaratilsin. Ushbu qarorni bajarilishiga kafedra mudirlari mas’ul etib tayinlansin.

  3. Musiqa ta’lim kafedrasi mudiri A.Ibragimovning fakultetda ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish, kafedralarda ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilish holati to’g’risidagi bergan axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Professor-o’qituvchilarning o’z mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlariga jiddiy e’tibor qaratilsin.

  4. O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari O.To`raxanovning fakultet ta’lim yo’nalishlarida kuzgi semestrda o’tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini tasdiqlash to’g’risidagi so’zlagan nutqi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Yakuniy nazorat ishlari adolatli, shaffoflik asosida o’tkazilishiga jiddiy e’tibor qaratilsin.

  5. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Rutamovning 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ni munosib tashkillashtirish to’g’risidagi so’zlagan nutqi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu bayramni karantin qoidalariga amal qilgan holda, ko’tarinki ruhda o’tkazilishiga jiddiy e’tibor qaratilsin.

  6. Berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va samarali bajarilishi ustidan nazoratni fakultet dekani Z.Sultanova zimmasiga yuklatilsin.



Kengash raisi: Z.Sultanova


Kengash kotibi: H.Yoqubjonova
Download 46.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling