Namangan hududiy elektr tarmoqlari Raxbar: Xalilov Javlonbek Abdugapparovich Qabul kunlari
Download 13.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Namangan hududiy elektr tarmoqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tel: (0-369)
14.06.2023, 13:43 Namangan hududiy elektr tarmoqlari https://namangan.uz/uz/yangiliklar-2/8-o-zbekcha/270-viloyat-elektr-tarmoqlari-oaj?tmpl=component&print=1&layout=default 1/3 Chop etish Namangan hududiy elektr tarmoqlari Raxbar: Xalilov Javlonbek Abdugapparovich Qabul kunlari: Xar haftaning Seshanba-Juma kunlari soat 09:00 dan 11:30 gacha Tel: (0-369) 228-75-80 Faks: (0-369) 227-86-32 Manzil: Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 8-uy E-mail: namangan_vxtb@xtv.uz Veb-manzil: www.namet.uz Korxonaning nizomi JAMIYATNING FAOLIYAT SOHASI (ASOSIY YO’NALISHLARI) VA MAQSADLARI Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidan aktsiyadorlar manfaatlari uchun foyda olishdir. Jamiyat elektr energiyani qabul qilib olgandan keyin iste’molchilarga yetkazib berish uchun yuqori kuchlanishli elektr energiyani past kuchlanishli elektr energiyaga o’zgartirish (110 kV dan 35 kV ga, 35 kV dan 6-10 kV ga, 6-10 kV dan 0,4 kV ga), taqsimlash va sotishni amalga oshiradi. Quyidagilar Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari hisoblanadi: elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan shartnoma asosida elektr energiyasini olish; elektr ta’minoti korxonalariga iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomalari tuzish huquqini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda bosh ishonchnoma berish; iste’molchilarga elektr ta’minoti shartnomasi asosida elektr energiyasini sotishni amalga oshirish; iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda havfsizlikni ta’minlash; o’z elektr tarmog’i xo’jaligi ob’ektlarida elektr energiyasining davlat standartlarida belgilangan sifat ko’rsatkichlarini saqlab turish; 14.06.2023, 13:43 Namangan hududiy elektr tarmoqlari https://namangan.uz/uz/yangiliklar-2/8-o-zbekcha/270-viloyat-elektr-tarmoqlari-oaj?tmpl=component&print=1&layout=default 2/3 texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq o’z elektr tarmog’i xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanilishini va ularning ta’mirlanishini tashkil etish; o’z elektr tarmog’i xo’jaligi ob’ektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; elektr energiyasini iste’mol qiluvchi elektr qurilmalarini belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlariga ulash uchun iste’molchilarga texnik shartlarni berish; korxona balansida bo’lgan elektr tarmoqlari chegarasida elektr energiyaning tijorat hisobini olib borish va uni elektr energiyani avtomatlashtirilgan hisobini nazorat qilish tizimini joriy etish yo’nalishida takomillashtirishni ta’minlash; yangi texnikani, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va amalga oshirish; shartnomalar asosida korxona balansida bo’lmagan elektr qurilmalarini ta’mirlash, ekspluatatsiya qilishda xizmat ko’rsatish, sozlash, sinash ishlarini amalga oshirish; elektr energetikasi ob’ektlari va fuqarolik bino-inshootlarini qurish; 0,4-6-10-35 kV li elektr energetikasi ob’ektlarini smeta va loyihalash ishlarini amalga oshirish; xavfi yuqori bo’lgan ob’ektlarni hamda potentsial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; ulgurji va chakana savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirish; elektr qurilmalari va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish; O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; tijorat va tadbirkorlik faoliyati, shartnomalar asosida xalq iste’mol mollarini, ishlab chiqarish-texnik mahsulotlarni, xom ashyolar, materiallar, uskunalar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini va o’zaro hisob-kitob bo’yicha erkin narxlarda olinadigan boshqa mahsulotlarini sotish; boshqa korxonalar uchun ekspluatatsiya xodimlarini tayyorlash va o’qitish; o’z do’konlar tarmog’ini tashkil qilish; transport xizmatlarni ko’rsatish; qimmatli qog’ozlar bilan ish olib borish; qimmatli qog’ozlar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha axborot ta’minoti; 14.06.2023, 13:43 Namangan hududiy elektr tarmoqlari https://namangan.uz/uz/yangiliklar-2/8-o-zbekcha/270-viloyat-elektr-tarmoqlari-oaj?tmpl=component&print=1&layout=default 3/3 Jamiyat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xususiy operatorga tuman, shahar doirasida elektr energiyasini sotishning ayrim masalalarini topshirishi mumkin. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan so’ng amalga oshiriladi. Jamiyat yuqorida ko’rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari o’ziga qarashli bo’linmalar, jamiyatlar ishini yaxshilash hamda ularni qo’llab-quvvatlash uchun qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa ishlarni ham bajarishi mumkin. Download 13.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling