Tadbirkorning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonning oʻzida yiliga 20 mingtagacha shunday rusumdagi avtomobillarga ehtiyoj mavjud. Yaqin va uzoq xorij bozorlari inobatga olinadigan boʻlsa, ishlab chiqarish koʻlamini yana-da kengaytirish imkoniyatlarini chamalash mumkin boʻladi. — Namangan Shangan Motors tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga hozirning oʻzida talab va xaridorlar yetarli ekanligi kishini quvontiradi. Kelgusida bu yerda ehtiyot qismlar tayyorlanadigan boshqa korxonalar ham paydo boʻlishi va yaxlit majmua yuzaga kelishi ayni muddao boʻladi, — dedi viloyat hokimi Xayrulla Bozorov. - Bu yerda joriy yilda 61,6 million dollarlik 42 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 5500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Birgina “Okean Towels Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 11 million dollarlik loyiha asosida sochiq, choyshab va shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 400 nafar yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, konselyariya mahsulotlari, elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi yana ko‘plab yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, aloqa tizimi shakllantirilmoqda.
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish DASTURI
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
O‘lchov
birligi
|
Miqdori/ Quvvati
|
Xarajatlar
miqdori*
(mln.so‘m)
|
Bajarilish muddati
| |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |