Namangan muhandislik -texnologiya instituti «texnologik jarayonlarni loyihalash» fanidan


Download 290.73 Kb.
bet6/18
Sana02.01.2022
Hajmi290.73 Kb.
#185499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs ishi shaxnoza

1-eskiz model. Kurs loyiha ishida tanlangan tavsiya eskiz modelimiz to’g’ri bichimli bo’lib, kuz va bahor faslida kiyishga mo’ljallangan. Qiz bolalar mo`ynali kamzuli uchun tabiiy mo’yna, astar uchun yengil sarja tanlab olindi. Tanlangan model asosiy va astar qismlardan iborat. Model old bo’lagi mayda bo`lakli detallardan iborat bo’lib, oldi bortli. Ort bo’lak ham mayda qismdan iborat. Yengi uzun loyihalangan o’tqazma yeng bo’lib, ikkita qismli: katta va kichik yenglardan tashkil topgan. Qiz kamzuli qismi taqilmasi uchun tugma ishlatilgan. Kamzul astari ham xuddi avra kabi bo’laklardan tashkil topgan. Kamzo`lning estetikaviyligini yanada oshirish maqsadida ikki yon qismida qoplama cho’ntak loyihalangan. Astarga isituvchi qatlam birlashtirib tikib olinib, so’ng avraga biriktiriladi. Kamzo`l kundalik kiyish uchun mo’ljallangan.(1.1-rasm).

2-eskiz model Tanlagan ikkinchi eskiz model ham birinchi modelga o’xshab to’g’ri bichimlik bo’lib, qish faslida kiyishga mo’ljallangan. Qiz bolalar kamzulini avrasi uchun tabiiy mo’yna, astar uchun yengil sarja tanlab olindi. Tanlangan model asosiy va astar qismlardan iborat. Model old bo’lagi mayda bo`laklardan iborat bo’lib, oldi bortli. Ort bo’lak ham ikki qismdan iborat, orqa bo`lak ham mayda bo`lakli konussimon shaklda modellashtirilgan. Qiz bolalar kamzuli taqilmasi uchun tugma ishlatilgan. Kamzul astari ham xuddi avra kabi bo’laklardan tashkil topgan. Kamning estetikaviyligini yanada oshirish maqsadida palto ikki yon qismida listochkali qirqma cho’ntak loyihalangan. Kamzul kundalik kiyish uchun mo’ljallangan. Ikkinchi modelning birinchi modeldan farqi shundaki, qoplama cho’ntak o’rnida qirqma cho’ntak loyihalangan(1.2-rasm).


3-eskiz model.

Kurs loyiha ishida tanlangan uchunchi model to’g’ri bichimli bo’lib, qish faslida kiyishga mo’ljallangan. Qiz bolalar kamzuli uchun tabiiy mo’yna, avra uchun paltobop gazlama “vesta”, astar uchun yengil sarja va qotirma uchun dublirin tanlab olindi. Tanlangan model asosiy va astar qismlardan iborat. Model old bo’lagi ikkita qismdan iborat bo’lib, oldi bortli. Ort bo’lak ham ikki qismdan iborat, orqa o’rta choki bor. Qiz bolalar kamzulini taqilmasi uchun tugma ishlatilgan. Kamzul astari ham xuddi avra kabi bo’laklardan tashkil topgan. Kamzulning estetikaviyligini yanada oshirish maqsadida kamzul ikki yon qismida qopqoqli qirqma cho’ntak loyihalangan. Astarga isituvchi qatlam birlashtirib tikib olinib, so’ng avraga biriktiriladi. Kamzul kundalik kiyish uchun mo’ljallangan. Uchinchi model birinchi modeldan farqi yonda joylashgan cho’ntak qopqoqli qilib loyihalangan.




Download 290.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling