Namangan Muhandislik-Qurilish instituti akademik litseyi 101 – guruh talabasi Ibrohimjanova Dilfuzaning Kimyo fanidan yozgan referati shaxmat qoidalari


Download 31.76 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi31.76 Kb.
#1607877
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
shaxmat

Oʻyin jarayoni


Oq donalarni boshqaradigan oʻyinchi „Oqlar“ deb nomlanadi. Qora donalarni boshqaradigan oʻyinchi „Qoralar“ deb nomlanadi. Oʻyinni oqlar boshlab beradi, keyin oʻyinchilar muqobil harakatlar orqali oʻyinni davom ettiradi. Har bir oʻyinchi yurish qilgandan keyin raqib tomonidan yurish qilinishi lozim va yurish oʻtkazib yuborish mumkin emas. Oʻyin, yuqorida aytib oʻtilganidek, shoh mot qilunmaguncha, raqibning taslim boʻlishi va oʻyinning durang yoki pot bilan yakunlanmaguncha davom etadi. Bundan tashqari, agar oʻyin vaqt nazorati ostida oʻynalayotgan boʻlsa, vaqt chegarasidan oshib ketgan oʻyinchiga magʻlubiyat yoziladi. Yaʼni berilgan vaqt oʻz nihoyasiga yetkan boʻlishi kerak.
Rasmiy shaxmat qoidalari oq rangda kim oʻynashini aniqlash tartibini belgilamaydi. Aniq bir qaror turnirga xos qoidalarga (masalan, Shveysarcha tizimidagi turnir yoki aylanali turnir) yoki raqobatsiz oʻyin boʻlsa, oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi. Raqobatsiz oʻyinlarda bu holda koʻpincha tasodifiy tanlov qoʻllaniladi. Umumiy usul — biror kishi har bir rangdan bir donani (odatda piyodani) ikkala qoʻlida yashiradi va raqiblar qoʻlni tanlaydi, keyin ochilgan donaning rangida oʻyin boshlanadi.





Donalarning harakatlanishi


Shaxmatning har bir donasi oʻziga xos harakatlanish usuliga ega. Dona boʻsh kvadratga yuradi. Bundan tashqari, raqibning donasini qoʻlga kiritishi va u joylashgan xonaga oʻtishi mumkin.
Shaxmatda otdan tashqari hech bir dona oʻzidan oldinda yoki yonboshda turgan dona ustidan oʻtolmaydi. Shoh va ruhning rokirovka qilinishi bundan mustasno. Oʻyin davomida yutib olingan dona doskadan olib tashlanadi[2][3]. Shohni mot qilish mumkin, lekin yutib olib boʻlmaydi. Donalar quyida keltirilgan tarzda harakat qiladi:

  • Shoh gorizontal, vertikal yoki diagonal boʻyicha aniq bir kvadrat yurish orqali harakat qiladi. Rokirovka deb nomlanuvchi holatda shoh bilan ruh maxsus harakat orqali 2 yoki 3 kvadrat xonaga yurishi mumkin va oʻyin davomida har bir oʻyinchi uchun faqat bir marta rokirovka qilishga ruxsat etiladi.

  • Rux gorizontal yoki vertikal ravishda istalgan sondagi boʻsh kvadratlarga yura oladi. Yuqorida taʼkidlanganidek shoh bilan rux rokirovkani amalga oshirishi mumkin.

  • Fil har qaysi raqamdagi boʻsh kvadratlarga diagonal boʻylab harakatlanadi. Oq fillar oq diagonal boʻylab, qora fillar qora diagonal boʻylab harakat qiladi.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling