Namangan Muhandislik-Qurilish instituti akademik litseyi 101 – guruh talabasi Ibrohimjanova Dilfuzaning Kimyo fanidan yozgan referati shaxmat qoidalari
Download 31.76 Kb.
|
shaxmat
Namangan Muhandislik-Qurilish instituti akademik litseyi 101 – guruh talabasi Ibrohimjanova Dilfuzaning Kimyo fanidan yozgan REFERATI Shaxmat qoidalari (shaxmat qonunlari deb ham ataladi) shaxmat oʻyini tartiblarini oʻrgatadi. Shaxmat — bu ikki oʻyinchi ishtirokidagi mavhum strategiyali stol oʻyini hisoblanadi. Har bir oʻyinchi shaxmat taxtasida olti turdagi oʻn oltita donalarni boshqaradi. Har bir turdagi donalar oʻziga xos tarzda harakat qiladi. Oʻyinning maqsadi raqibning shohini mot qilish (muqarrar ravishda motga olib borish va raqib shoh donasining yurishiga imkon qoldirmaslik). Oʻyin motdan tashqari turli yoʻllar bilan tugashi mumkin. Masalan, raqibning taslim boʻlishi va oʻyinning durang yoki pot bilan yakunlanishi. Shaxmat qoidalarining aniq kelib chiqish davri nomaʼlum boʻlsa-da, zamonaviy qoidalar birinchi marta oʻrta asrlarda shakllangan. Qoidalar XIX asrning boshlariga qadar biroz oʻzgartirilib, hozirgi koʻrinishga keldi. Turli mintaqalarda shakllangan qoidalar bir-biridan biroz farq qilgan. Bugungi kunda standart qoidalar shaxmat boʻyicha xalqaro boshqaruv organi — FIDE (Fédération Internationale des Échecs) tomonidan oʻrnatiladi. Baʼzi milliy tashkilotlar tomonidan kichik oʻzgartirishlar kiritilshi mumkin. Tezkor shaxmat, sirtqi shaxmat, onlayn shaxmat va Chess960 qoidalarining xilma-xilligi shular jumlasidandir. Donalarning asosiy harakatlaridan tashqari, boshqa qoʻllaniladigan tartib-qoidalar mavjud. Bular shaxmat doskasining joylashishi, donalarning tartib bilan terilishi, vaqtni nazorat qilish, oʻyinchilarning xulq-atvori va axloqi, jismoniy nuqsoni boʻlgan oʻyinchilar uchun shaxmat yozuvlari yordamida harakatlarni yozib olish kabilardir. Shuningdek, oʻyin davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish tartib-qoidalari ham mavjud. Asosiy qoidalar Shaxmat taxtasida 64 kvadrat xona mavjud (32 ta kvadrat xona bir rangda va qolgan 32 ta kvadrat xona boshqa rangda boʻladi)[1]. Shuningdek, shaxmat doskasi shashkada ishlatiladigan doskaga oʻxshashdir. Doskaning haqiqiy ranglari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, ochiq rangli kvadratchalar „oq“ deb ataladi, quyuqroq rangdagi kvadratlar esa qora rang deb nomlanadi. Oʻyin boshida oʻn oltita oq donalar va oʻn oltita qora donalar doskaga qoʻyiladi. Doskadagi kvadratlar shunday joylashtirilganki, har bir oʻyinchining yaqin oʻng burchagida oq kvadrat boʻladi. Gorizontal qatorlar oʻz raqam nomi bilan, vertikal qatorlar esa yoʻnalish nomi bilan ataladi. Har bir oʻyinchi oʻn oltita donani boshqaradi: Oʻyin boshida donalar diagrammada koʻrsatilganidek joylashtirilgan boʻlishi kerak yaʼni har bir tomon uchun bitta shoh, bitta farzin, ikkita rux, ikkita fil, ikkita ot va sakkiz piyoda. Donalar bittadan kvadratga quyidagi tarzda joylashtiriladi: Ruxlar tashqi burchaklarga, doskaning oʻng va chap chetiga joylashtiriladi. Otlar ruxlardan keyin oʻng va chap burchakka joylashtiriladi. Oqlar b1 va g1 xonalariga, qoralar esa b8 va g8 xonalariga oʻz otlarini joylashtiradi Fillar otlardan keyin joylashtiriladi. Oqlar c1 va f1 xonalariga, qoralar esa c8 va f8 xonalariga oʻz fillarini joylashtiradi Oʻyinchi qaysi rangda boʻlsa farzin ham shu tartibda yaʼni oq farzin oq xonada, qora farzin qora xonada C yoʻnalishidagi fildan keyin joylashtiriladi. Oqlar d1 xonasiga, qoralar esa d8 xonasiga oʻz farzinini joylashtiradi Shoh farzin yonidagi boʻsh joyni egallaydi. Oqlar e1 xonasiga, qoralar esa e8 xonasiga oʻz shohini joylashtiradi Piyodalar boshqa barcha donalarning oldiga bir qatorga joylashtiriladi. Oqlar a2, b2, c2, d2, e2, f2, g2 , h2 xonalariga, qoralar esa a7, b7, c7, d7, e7, f7, g7, h7 xonalariga oʻz piyodalarini joylashtiradi. Oq donalar doimo 1—2 qatorlarga, qora donalar esa 7—8 qatorlarga teriladi. Download 31.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling