Namangan muhandislik qurilish instituti “Energetika va mehnat muhofazasi” fakulteti “Elektr energetika (elektr ta’minoti)” yoʻnalishi 3-bosqich 41-ee-19 guruh talabasi Turdiboyev Ulugʻbekning ilmiy-ijodiy ishlariga ilmiy raxbar xulosasi


Download 13.96 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi13.96 Kb.
#1314051
Bog'liq
Xulosa yangi


Namangan muhandislik qurilish instituti “Energetika va mehnat muhofazasi” fakulteti “Elektr energetika (elektr ta’minoti)” yoʻnalishi 3-bosqich 41-EE-19 guruh talabasi Turdiboyev Ulugʻbekning ilmiy-ijodiy ishlariga ilmiy raxbar
XULOSASI

Mamlakatimizda “Elektr energetika” tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda energetikaning yangi turlarini ishlab chiqish asosiy yoʻnalishlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimizda ham ushbu yoʻnalishni rivojlanitirishga katta eʼtibor berilmoqda.


Turdiboyev Ulugʻbek tanlangan mavzu bu yilgi pandemiya davrida oʻzining jamiyat hayotida dolzarbligini yana bir bor koʻrsatdi, barcha jarayonlarda maksimal darajada energetikaga ehtiyoj yuzaga keldi. Ilmiy faoliyat va izlanishlar natijalari nashr qildirilgan uslubiy qoʻllanma, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridagi ilmiy maqolalarida yoritilgan.
Hozirgi kunda Turdiboyev Ulugʻbek talaba mening rahbarligimda “Elektr energetikaning yangi turi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Energetikaning yangi turlarida ustoz-shogird anʼanalari asosida oʻrgatish yoshlarimizni energetikaning yangi turlarini oʻylab topishda bilimlarni oshirib kelmoqda.
Maʼlumki, hozirgi kunda asosiy eʼtibor iqtidorli talaba yoshlarni kamolga yetkazish hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan Turdiboyev Ulugʻbek tomonidan olib borilayotgan izlanishlar alohida eʼtiborga loyiq.
Turdiboyev Ulugʻbek oʻzining ilmiy izlanishlarini faol davom ettirib mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali hissa qoʻshadi deb, ayta olaman.


Ilmiy rahbar: dots.Q.Umarov
Download 13.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling