Mantiya 3 zonaga bo‘linadi: 1- mantiyaning B zonasi — yuqori mantiya, Moxo chegarasidan 400 km gacha joylashgan. Temperatura 1200°C gacha oshadi. Bu yerda modda qisman suyuq holatda ekanligi taxmin qilinadi, chunki seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligi kamayadi. Mantiyaning bunday holati nobarqaror bo‘lgan qavati astenosfera deyiladi. Yuqori mantiya asosan temir-magnezial silikatlar (olivin, piroksenlar) va alumosilikatlardan tuzilgan. - 2-mantiyaning C zonasi — mantiyaning o‘tish qavati, 400-1000 km gacha. Seysmik to‘lqinlarning tezligi keskin ortib boradi. Bu zonada mantiya moddasi zichlashadi va tarkibida zichligi katta bo‘lgan moddalar, ya’ni vyustit, periklaz, ohak shakiidagi FeO, MgO, CaO. SiO2 oksidlari paydo bo‘ladi.
- 3-mantiyaning D zonasi - pastki mantiya qattiq minerallardan tuzilgan bo‘lib, tarkibida Fe miqdori ortib boradi. Moddaning zichligi 4,68—5,7 g/sm3 ga teng.
- Yadro — 2900 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unda ko‘ndalang to‘lqinlarining tarqalishi to‘xtaydi va bo‘ylama to‘lqinlarining tarqalish tezligi keskin kamayadi. Buning asosida yadroning E zonasida modda suyuq, qovushqoq holatda ekanligi aniqlangan. Yadroning markaziy qismi — F zonasi qattiq moddalardan tuzilganligi taxmin qilinadi, lekin bo‘ylama to‘lqinlarining tezligi 9—11 km/s ga teng, ya’ni pastki mantiyadagi tezlikdan kamdir. Yer yadrosi asosan suyuq temir va nikeldan hamda qo‘shimcha Si va S dan tashkil topgan.
- 1. Kimyo tarixi qanday davrlarni o’z ichiga oladi?
- 2. Flogiston nazariyasini tushuntirib bering.
- 3. Materiyaga ta’rif bering.
- 4. Atom qanday zarrachalardan tashkil topgan?
- 5. Atom molekulyar ta’limotni tushuntiring.
- 6. Oddiy va murakkab moddalarning farqini izohlang.
- 7. Allotropiya nima?
- 8. Fizikaviy hodisalarga misollar keltiring.
-
- E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |