Namangan muhandislik-qurilish instituti «Sanoatni axborotlashtirish»
-bob Avtomatik qurilmalar, boshqarish sistemalarining funksional sxemalari, elementlarining tavsifi
Download 181.16 Kb.
|
ABTIV kurs ishi Avtomatika elementlati va qurilmaning tuzilish usullari tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatika
1-bob Avtomatik qurilmalar, boshqarish sistemalarining funksional sxemalari, elementlarining tavsifi
1.1 Avtomatik qurilmalar. Avtomatik boshqarish sistemalarining funksional sxemalari va asosiy elementlariAvtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda qo‘lIaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi. Avtom atika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi harakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida XVIII asming ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo‘lish davridan ishlatila boshlandi. Avtomatik qurilma Polzunov bug’ mashinasi (1765-y.) yaratilgan. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868-yilda ishlab chiqildi. Texnikaning rivojlanishi va odamlaming og‘ir qo‘l mehnatidan bo‘shashiga qaram asdan, ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish im koniyatlari m urakkablashdi. Bu esa o ‘z navbatida, avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatlashtirishning turlari: Avtomatika - fan va texnika sohasi bo‘lib, ishlab chiqarish yoki boshqa jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqarish nazariyasi va tizimlarini tuzish usullarini o‘z ichiga oladi. Avtomatlashtirish - keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz boshqarishni ta’m inlashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tadbirlar majmuidir. Avtomatlashtirish o‘z oldiga birgina kishi mehnatini yengillashtirishni vazifa qilib qo‘ymay, balki ishlab chiqarishni shunday 8 yuqori tezlikda, aniqliqda puxtalikda, tejamkorlikda o‘tishini ta’minlaydiki, uni inson bajara olmaydi. Avtomatika - iborasi qadimiy grek so‘zi «avtomatos»dan kelib chiqib, o‘z-o‘zidan ishlaydigan qurilma ma’nosini bildiradi. Qadim zamonlarda ham o‘z-o‘zidan ishlaydigan qurilmalar mavjud bo‘lgan, masalan, olov yoqilishi bilan ibodatxonalar eshigini ochib yuboradigan, pnevmatik avtomatlar, mo4jizaviy suvlami quyadigan avtomatlar va h.k. Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari fanini o‘qitiIishidan maqsad - talabalarga boshqarish sistemalarining asosini tashkil etuvchi element va qurilmalaming ishlash prinsipiga qarab, sinflanishi, turlanishi, konstruktiv tuzilishlari, statik va dinamik xarakteristikalari, ularga qo‘yiladigan talablar asosida tanlash va sxemotexnik tuzilishini o‘rgatish, shuningdek, ularda yo‘nalish profiliga mos ta’lim standarti talablariga javob beradigan bilimlar, ko‘nikmalar va tushunchalami hosil qilishdir. Download 181.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling