Namangan muhandislik-qurilish instituti tadqiqotchi Mamajonova Gulnoza Karimovnaning


Download 48.5 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1478970
TuriReferat
Bog'liq
1 Тақриз Mamajanova


Namangan muhandislik-qurilish instituti tadqiqotchi Mamajonova Gulnoza Karimovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Jamiyat taraqqiyotiga bioetika ta‘sirining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferatiga
TAQRIZ
Dunyoning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining yangi bosqichida global muammolarning o‘tkirlashuvi bioetika va inson huquqlarining umuminsoniy va milliy jihat va xususiyatlarida o‘z ifodasini topmoqda. Bioetika bashariyatning yangi asrdagi ijtimoiy kelajagini belgilab berishi bilan xalqaro munosabatlarda keng jamoatchilik tomonidan muhokama etilmoqda. 2005 yilda BMTning tashabbusi bilan “Butunjahon bioetika va inson huquqlari Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bilan bioetika muammolariga oid 40 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning shartnoma, konvensiya va boshqa me‘yoriy hujjatlari qabul qilindi. Natijada, bioetika sohasi bo‘yicha nafaqat biologiya va tibbiyot, balki insoniyat taraqqiyoti doirasida o‘ta murakkab muammolarni yechimiga oid islohtlar amalga oshirilmoqda. Shu ma‘noda rivojlangan mamlakatlarda bioetika muammmolarining xalqaro va milliy qonunchilik bazalarining yaratilishiga erishildi.
Mamajonova Gulnoza Karimovnaning “Jamiyat taraqqiyotiga bioetika ta‘sirining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi tadqiqoti bugungi globallashuv sharoitida jamiyatning turli jabhalarida yuzaga kelayotgan axloqiy, ijtimoiy, madaniy muammolarning tahlili va tadqiqiga bag‘ishlangan.
Mazkur tadqiqot ishi kirish, nazariy-metodologik va amaliy jihatlarni qamrab olgan uch bob, to‘qqizta paragraf, xulosa va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 120 betni tashkil etadi.
Dissertatsiyaning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, zarurati asoslangan, tadqiqot maqsadi, vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasi hamda uning xorijiy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti, usullari yoritilgan. Shuningdek, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi va ilmiy-amaliy ahamiyati tavsiflangan.
Tadqiqotning “Bioetikaning ijtimoiy-falsafiy mohiyati va yoʻnalishlari tadqiqining nazariy-metodologik masalalari” deb nomlangan birinchi bobida bioetikaning paydo boʻlishi, mohiyati, uning ilmiy, falsafiy va axloqiy bilimlar tizimida tutgan oʻrni ochib berilgan. Falsafada bioetika doirasidagi qarashlar evolyutsiyasining tarkibiy-funksional bogʻliqligi hamda hozirgi davrda bioetikaning ijtimoiy-madaniy muammolarining oʻziga xos jihatlari nazariy-metodologik jihatdan tadqiq etilgan. Jahonda va Oʻzbekistonda bioetikaning rivojlanish bosqichlari tavsiflangan.
Dissertatsiyaning “Bioetikani rivojlantirishning ijtimoiy paradigmalari” deb nomlangan ikkinchi bobida axloqiy me‘yor va tamoyillarning bioetikada aks etishi, bioetikaning ijtimoiy nazorat instituti sifatida namoyon boʻlishi, hamda bioetikada insonparvarlik gʻoyalarini konstruktiv-ratsional baholash tamoyillari ilmiy asoslangan.
Dissertatsiyaning “Oʻzbekistonda bioetika barqaror taraqqiyotini ta‘minlashning ahamiyati va mexanizmlari” deb nomlangan uchinchi bobida bioetikaning barqaror taraqqiyotini ta‘minlovchi strategik mexanizmlar, bioetikada madaniy, ma‘naviy-axloqiy muammolarni oʻzaro aloqadorlikda namoyon boʻlishi hamda biotexnologiyaning jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotidagi oʻrni tadqiq etilgan.
Ishning xulosa qismi 7 ta xulosaviy fikrlar, 4 ta taklif va tavsiyalardan iborat.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tadqiqot ishini bajarishda dissertant sotsiologik tahlil metodlaridan unumli foydalangan. Bu esa ishning amaliy ahamiyatini oshirgan. Ishning ilmiy apparati ham talab darajasida shakllantirilgan.
Dissertatsiyaning yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan muvaffaqiyatli jihatlari bilan birgalikda ma‘lum kamchiliklardan ham holi emas. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Ishning ikkinchi bobga oid xulosalar ishda keltirilgan fikrlar va nazariy tahlillarga nisbatan juda qisqa, to‘liq berilmagan, uni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

  2. Xulosa qismida berilgan taklif va tavsiyalarni qanday amalga oshirish masalasi uchunchi bobda kengroq yoritilganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Ammo, ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar, mulohaza va takliflar tadqiqot ishining mazmuniga va ilmiylik darajajasiga ta‘sir qilmaydi. Dissertatsiya ishning avtoreferati dissertatsiya asosiy mazmunini qamrab olgan va OAK talablari darajasida rasmiylashtirilgan.
Umumlashtirib aytganda, dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, uni izohlash tilining ilmiyligi, ya‘ni mavzuga doir falsafiy kategoriyalar tizimini, falsafiy tushunchalarni mazmunan boyitishi nuqtayi nazardan mazkur ish tugallangan ilmiy tadqiqot natijasi, deb baholaymiz. Shu nuqtayi nazardan, Mamajonova Gulnoza Karimovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Jamiyat taraqqiyotiga bioetika ta‘sirining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferati Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan mazkur ishlarga qo‘yilgan barcha talablarga to‘la javob beradi va uning muallifi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb hisoblaymiz.
Taqrizchi: Toshkent moliya instituti
f.f.d., professor Z.Davronov
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling