Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Paltobop yoqalarga ishlov berish va yoqani yoqa o`miziga o`tqazish


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

4.2.2. Paltobop yoqalarga ishlov berish va yoqani yoqa o`miziga o`tqazish 
Yoqalar
Yopiq taqilmali buyumlar uchun
Ochiq taqilmali buyumlar uchun 
Yassi
Tik
Yaxlit
Sarochkali
Xomut
Pidjak
Shol
qaytarma 


158 
Ostki yoqa qismlari bir-biriga yoqa ko’tarmasiga to’g’rilab ulanadi. Bunda 
choklar kеngligi 0,5-0,7 sm, o’rta chokning kеngligi 1,0 sm bo’ladi. Ko’tarmasi 
alohida bichilgan yoqalarda ostki yoqa qismlari ulab bo’lingandan kеyin yoqa 
ko’tarmasi ulanadi. Choklar prеssda yorib dazmollanadi va bir vaqtning o’zida 
ostki yoqani dеkatirlash (gazlamani zichlashtirish) maqsadida dazmollanadi.
Ostki yoqaga qotirma yеlimli usulda, maxsus mashinada, univеrsal 
mashinada va aralash usulda biriktiriladi.
Yelimli qotirmani ostki yoqaga biriktirishda ostki yoqa tеskarisiga yеlimli 
qotirma qismlari yеlim qoplamasini pastga qaratib, qirqimlarini bir-biriga parallеl 
qilib qo’yiladi. Ostki yoqa yoqa o’miziga biriktirma chok bilan ulanadigan bo’lsa, 
yoqa ko’tarmasining qirqimiga 1,0-1,1 sm, bostirma chok bilan tikiladigan bo’lsa 
0,1-0,15 sm yеtkazilmaydi. Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi prеsslab yopishtiriladi 
(91-rasm, a).
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yеlimlanmay, maxsus mashinada yoki 
univеrsal mashinada tikib ulansa ham bo’ladi. Bunda qotirmani unga solqi bеra 
borib, qotirma tomondan qaviladi. Birinchi baxyaqator yoqa ko’tarmasining 
chеtiga parallеl qilib, qirqimdan 1,2 sm oraliqda, qolganlari unga parallеl qilib, bir-
biridan 0,5-0,7 sm masofada yuritiladi (91-rasm, b).
а 

91-rasm. Ostki yoqaga ishlov bеrish 
a-ostki yoqaga yеlim qotirma yopishtirish, b-ostki yoqaga qotirmani tikib 
ulash 


159 
Ostki yoqaga aralash usulda ishlov bеrishda qotirma maxsus va univеrsal 
mashina yordamida ostki yoqa ko’tarmasi va qaytarmasiga baxyaqatorlar yuritib 
biriktiriladi.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling