Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yilda Sirdaryo hamda 
Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifining asosiy maqsadidan biri 
―Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil 
etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus‖iga bag`ishlangan bo`lib, ular tamonidan 
tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar 
yetkazib berildi. ―Ma`rifat karvoni‖ tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona 
kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. 
Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib 
olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish 
masalalari muhokama qilindi. 
Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Xalq ta`limi vazirliklariga muayyan 
mavzular bo`yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlar 
sayyor o`tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g`olib bo`lgan taniqli 
sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o`quv 
yurtlarining maxsus sirtqi bo`limlarida maqsadli o`qitish yaxshi natija berishi qayd 
etildi. Bolalar va o`smirlar sport maktablari sonini ko`paytirish yuzasidan 
topshiriqlar berildi [1].
2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada 
rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yaqin besh yilda yuqori 
qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari 
ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`yicha umumiy qiymati 2 milliard 247 million 
dollar bo`lgan 140 ta investisiya loyihasi amalga oshirildi.
Ana shu loyihalar hayotga tadbiq etilishi natijasida mamlakatimizda 
to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2,2 marta 
ko`paydi. 
Keyingi besh yilda Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 1,7 barobar 
oshib, unda sanoat sohasining ulushi 16,7 foizga yetdi. Shuningdek, Namangan 
viloyatida yaqin besh yil davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, 



mavjudlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jiqatdan yangilash 
bo`yicha umumiy qiymati 2,4 trillion so`mlik 828 ta investisiya loyihasini amalga 
oshirish mo`ljallanmoqda. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda yengil sanoat, 
charm-poyabzal va farmasevtika tarmoqlarida 1 trillion 565 milliard so`m sarmoya 
o`zlashtirilib, jami 353 ta investisiya loyihasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda [2]. 
Ushbu darslik "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanidan yangi fan dastur 
asosida yozilgan bolib unda, kiyim ishlab chiqarishda tayyorlov-bichish texnologik 
jarayon bosqichlari, kiyim tikishning texnologik jarayonlari, tikuv buyumlariga 
ishlov berish bosqichlari, yelka kiyimlarini yig`ish bosqichlari, bel kiyimlariga 
ishlov berish, yengil kiyim va tikuv-trikotaj buyum detallari, uzellariga ishlov 
berish jarayonlari bo`yicha ma`lumotlar yoritib berilgan. Darslikni yozishda 
F.U.Nigmatova, 
M.Sh.Shomansurova, 
Sh.G 
Madjidova, 
M.K 
Rasulova,
G.Q.Qulijanova, S.S.Musayev va boshqa mualliflarning adabiyotlaridan va internet 
sahifalaridan foydalanilgan. 
Mualliflar Namangan viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan ―Ideal Textil Orzu‖ 
MChJ, "Istiqlol dizayn markazi", "Imron Textil Group" va boshqa tikuv va tikuv-
trikotaj ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari, shuningdek ma`muriyatiga 
darslik bo`yicha bergan taklif-mulohazalari, amaliy yordamlari uchun o`z 
minnatdorchiligini bildiradi.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling