Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
partiyasini tikish, yangi asbob-uskuna va mexanizatsiya vositalarini sinovdan
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.3. Materiallardan tejamli foydalanish to`grisida ma`lumot
- Измерения и контроль
partiyasini tikish, yangi asbob-uskuna va mexanizatsiya vositalarini sinovdan o`tkazish, materiallarni sinash va hususiyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish)dan iborat. Qo`yilgan vazifalarni yechish uchun sehda qo`llaniladigan asbob-uskuna turiga qarab, tajriba sehini ishlab chiqarish jarayoni tuziladi. Bu tsehda barcha ishlar bosqichlarga bo`linadi va ular tegishli guruh tomonidan bajariladi: Modelchi konstruktorlar guruhi. Andozachilar guruhi. Normalovchilar guruhi. Texnologlar guruhi. Gazlamalarni hususiyatini aniqlash laboratoriysi. Tajriba sehidagi barcha ishlar an`anaviy usulda, ya`ni qo`lda, hisoblash texnikasini qo`llamay va tikuv buyumlarini avtomatlashtirilgan loyihalsh tizimlari (SAPR)ni qo`llab bajarish mumkin [5, 6]. Tajriba sehi birinchi navbatda xaridorning talabiga binoan na`muna tayyorlash uchun ishlaydi. Xaridorning buyurtmasi bo`yicha eskiz chiziladi, eskiz chizmalardan kelib chiqib texnik chizmalar ishlab chiqiladi. Texnik chizmaga qarab turib konstruktorlar mahsulotni loyihalashni boshlaydi. Keyingi jarayon texnologga o`tadi. Texnolog na`munani tikish bilan shug`ullanadi va texnologik jarayon ketma-ketligini ishlab chiqadi. Texnolog na`muna modelning qirqimlari qaday choklar bilan necha santimetr kenglikda tikilishini, bitta mahsulotni tikish uchun qancha vaqt sarf bo`lishini aniqlab beradi. 16 2-rasm. Andozalarni M 1:1da chop etadigan PLOTER qurilmasi 1.2.3. Materiallardan tejamli foydalanish to`grisida ma`lumot Andozalar joylashmasini ishlab chiqish. Zamonaviy ALT joylashmani bajarish programma moduli ancha keng rivojlangan, bo`lib, u ba'zi tizimlarda CAT dasturiy ta'minot bilan integrallashgan. Andozalar joylashmasini ishlab chiqish avtomatik va yarimavtomatlashgan (kombinasiyalangan) rejimda bajarilishi mumkin. Avtomatik "Joylashma" programma moduli har doim ham optimal natija olinishini kafolatlamaydi. Shuning uchun zamonaviy tizimlarda avtomatik programmalar yarimavtomatlashgan programmalar bilan birga ishlatilmoqda, ya'ni avtomatik rejimda bajarilgan joylashmaga inson tuzatishlar, material xususiyatiga bog`liq ravishda cheklovlar kiritishi mumkin. "Joylashma" programma modulining unumdorligi joylashmani bajarish uchun ketgan vaqt va andozlararo chiqindi qiymati bilan baholanadi [7]. ASSYST programmasining 3, 4 xil funktsiyalari bo`lib, litsenziya asosida qo`llaniladi. Shular ichida ―Avtoraskladka‖ nomli operatsiya mavjud. Avtoraskladka – avtomatik andozani to`shamaga joylaydi. Gazlamaning xususiyatidan kelib chiqqan holda programmaga buyruq beriladi. Berilgan parametrlar bo`yicha kompyuter andozalarni avtomatik joylashtirib chiqadi. Buyrug`da gazlamaning uzunligi va eni beriladi. Programma tezlik va sifat uchun ishlaydi. 17 Kiyim detallari andozalari kompektini loyihalash kichik tizimlari quyidagi proseduralardan iborat: andozalar konturi approksimasiyasi; andozalarni razmer va bo`ylar bo`yicha ko`paytirish (andozalar gradasiyasi); gradasiya natijasida hosil qilingan yangi model andozalarini razmer va bo`ylar bo`yicha shakllantirish; grafik ma'lumotlarga ishlov berish vositalaridan foydalanib, razmer va bo`ylarga kiyim modeli andozalari chizmasini qurish; razmer va bo`ylar uchun loyihalanayotgan model andozalari yuzasini hisoblash (3- rasm). Andoza yuzasini hisoblash uchun - (―Измерения и контроль‖) rejimiga o`tiladi. Asosiy menyudan - (―Площадь детали‖) buyrug`i tanlanadi va kursor bilan detal tanlanadi. Tizim avtomatik ravishda belgilangan detal maydoninig -qiymatlarini ish stolida ko`rsatadi [8]. 3- rasm. Model andoza yuzasini avtomatik hisoblash chizmasi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling