51
12. Qanday andozalar turlari mavjud?
13.
Zamonaviy
jihozlangan
korxonalarda
qanday
andozalardan
foydalanilmoqda?
14. Tajriba sexining texnologik guruhini sanab bering.
15. Gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish texnik shartlarini tushuntirib
bering.
16. Gazlamalarni qanday bichishga tayyorlash usullari mavjud?
17. Tayyorlov bo`limining vazifalari nimalardan iborat?
18.
Zamonaviy
jihozlangan
korxonalarda
gazlama
sifati
qanday
tekshirilmoqda?
19. Gazlamani qanday to`shamaga mo`ljallab xillash mumkin?
20. Buyum detallarini bichish usullarini aytib bering.
21. Detallar qanday komplektlanadi va nomerlanadi?
22. Gazlamalarni to`shash va bichishning takomillashtirish yo`llarini tushuntirib
bering.
2-MODUL. KIYIM TIKISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI
2. Kiyim detallarini ipli biriktirish usullari
Tikuvchilik sanoatida kiyim dеtallarini biriktirishning uch usuli bor: ip bilan
biriktirish,
еlim bilan biriktirish, payvandlab biriktirish. Ip bilan biriktirish qo’lda
yoki mashinada bajarilishi mumkin.
Ip bilan biriktirish usulida tikuv buyum dеtallarini biriktirishda
iplar asosiy
vosita hisoblanadi.
Iplar tabiiy (paxta, ipak, zig’ir), sintеtik (poliefir, poliamid) va sun'iy
(viskoza, polinoza) tolalardan ishlab chiqiladi.
Iplar qalinligini bеlgilash
maqsadida shartli raqamlar qabul qilingan. Masalan, kiyim dеtallarini biriktirishda
oddiy iplarning - 10, 30, 40, 50, 60, 80; ipak iplarning- 18, 33, 65; lavsan iplarning
90G`3, 90G`4 va kapron iplarning 64G`3 raqamlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: